Adabiyotlar:
Muhitdinоva Х., Salisheva Z., Po‘latоva Х. O‘zbek tili. (оliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik) – Tоshkent, O‘qituvchi, 2012. – 288-b.
Nоmatоva Sh. Abldurahmоnоva M. O‘zbek tili. (darslik) – Tоshkent, JIDU, 2014. – 192-b.
Fayzullayeva Sh., Azimоva N., Usmоnоva G. O‘zbek tili. (оliy o‘quv yurtlarining iqtisоdiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) – Tоshkent, Iqtisоdiyot, 2012. – 108-b.
O‘zbek tilining izоhli lug‘ati (5 jildli). – Tоshkent., O‘zbekistоn milliy ensiklоpediyasi, 2005-2008.
11-MAVZU
Amaliy mashg‘ulot №11
|
MAVZU: RASMIY-USLUBGA XOS XUSUSIYATLARI.
|
Reja:
1. Rasmiy idoraviy uslub haqida ma’lumot.
2.Bayonnoma va uni yozish qoidalari.
Tayanch tushunchalar: Ilova xati,axborot xati, rasmiy uslub, ilmiy uslub,so’zlashuv uslub, farmoyish xujjatlari, tashkiliy xujjatlar, tahliliy fikirlar, masofaviy ta’lim.
Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, hisobot kabi hujjatlar ham rasmiy idoraviy uslubda bo‘ladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Rasmiy idoraviy uslubning ham o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari mavjud; so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Masalan: sud ishida jinoyat, hukm, qonun; maktab ish qog‘ozlarida maktab direktori, direktor o‘rinbosari, sinf rahbari kabi so‘z va birikmalar ishlatiladi.
Rasmiy idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilardan esa buyruq gaplardan foydalaniladi.
Shuningdek, bu uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |