O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə52/90
tarix28.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#169277
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
14-MAVZU



Amaliy mashg‘ulot №14

MAVZU:SOHAVIY MA’LUMOT-AXBOROT XUJJATLARI.



Reja
1.Ma’lumot-axborot xujjatlar haqida ma’lumot.
2.Sohada qollaniladigan xujjat turlari.
3. Tarjimai hol tavsifnoma yozish.


Tayanch tushuncha:Ma'lumot-axborot hujjatlarining vazifasi. Ma'lumot-axborot turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.


Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, tarjimai hol, bildirgi, tavsifnoma.
Tarjimai hol ma'lum bir shaxs tomonidan o'z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo'lishi shart.
Trajimai holning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tarjimai hol).

  2. Matn:

  1. muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;

  2. tug'ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi;

c) ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);

  1. ma'lumoti (qachon, qanday o'quv yurtini tugatganligi va ma'lumotiga ko'ra mutaxassisligi);

  2. ish faoliyatining turlari;

  3. oxirgi ish joyi va lavozimi;

  4. mukofot va rag'batlantirishlar;

  5. jamoat ishlarida ishtiroki;

  6. oilaviy ahvoli va oila a'zolari;

  7. pasport ma'lumotlari;

  8. turar joyi (uy adresi), tеlеfoni.

  1. Sana.

  2. Imzo.

Tarjimai hol oddiy qog'ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o'qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qo'lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo'lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko'rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo'lsin.
Tavsifnoma ma'lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o'ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo'lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o'quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko'rsatib o'tiladi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin