Rivojlantiruvchi maqsad:axborotlar bilan ishlash, oʻz-oʻzini rivojlantirish, milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirgan holda istiqlol davrida erishilgan yutuqlar va ularning ahamiyati haqida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
Dars turi: suhbat, munozara, savol-javob.
Dars usuli va metodi: “Aqliy hujum” metodidan foydalanish. Bunda mustaqillik yillarida erishilgan va hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlar va kelgusida nimalarga erishishimiz kerak? Buning uchun bizlardan nima talab qilinadi? Nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Fidoiylik, vatanparvarlik, bagʻrikenglik, komillik oʻzi nima, unga qanday erishamiz? kabi tezkor savol-javob orqali mavzu mohiyatini yoritishga hamda dars jarayonining faollashishiga yordam beradi.
Darsning jihozi: televizor, ekran, proektor, multimedia, bukletlar, Vatanni madh etuvchi qoʻshiq va musiqalar, kinolavhalar, slaydlar.