Mavzu: Oʻzbekiston – mening Vatanim! (Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun)
Mashgʻulotning maqsadi: Ta’limiy maqsad: bolalarning Mustaqillik, davlat, uning ramzlari, Konstitutsiya va qonunlar toʻgʻrisidagi bilimlarini shakllantirish;
Tarbiyaviymaqsad: bolalar qalbida Ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlarini uygʻotish, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqida tarbiyalanuvchilarning bilimlarini hamda bolalarning nutqini, fikrlarini erkin bayon etish koʻnikmalarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Madhiya yozilgan disk, AKT, Mustaqillik bayrami tasvirlangan rasmlar, Davlat ramzlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Vatan, mustaqillik, Davlat ramzlari.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Vatan haqida ma’lumot beriladi, uni sevishga, asrab-avaylashga o‘rgatish.
Faoliyat turi: Aralash.
Faoliyat uslubi: “Aqliy hujum” metodi, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Mashgʻulotning bosqichli jadvali:
T/r
Mashgʻulotning bosqichlari
Vaqt
1.
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2.
Yangi mavzu bayoni
10 daqiqa
3.
Mustahkamlash
10 daqiqa
Faoliyatning borishi: Tashkiliy qism: salomlashiladi, guruh xonasi hamda tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotga tayyorgarlik darajasi tekshiriladi.
Yangi mavzu bayoni: Mashgʻulot Davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
Tarbiyachi: Hurmatli bilimga chanqoq, qalbi toza bolajonlar!
Bugun sizlar bilan Davlatimiz Mustaqilligi toʻgʻrisida suhbatlashamiz.
Avvalambor, men sizlarni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan tabriklayman!
1991-yildan boshlab, har yili 1-sentabr Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni sifatida bayram qilinadi.
Bu bayramni biz Vatanimizning barcha goʻshalarida bogʻchamizda, shuningdek oilamizda shodiyona va xursandchilik bilan kutib olamiz-a….?
Bugun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intiqib kutgan, barchamiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram — Mustaqillik kunining 32 yilligi tantanali nishonlamoqda.
32 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bagʻrida tinch, farovon hayot kechirmoqdamiz. Oʻzbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida oʻz kuchi va salohiyatiga ega, oʻz yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga toʻldiradi.
Tarbiyachi: Keling bolajonlar, birgalikda “Vatan” haqida she’r aytamiz.
Vatan soʻzi muqaddasdir, Vatan soʻzi buyukdir. Har insonga tugʻilgan yurt- Oʻz Vatani suyukdir.
Bizga nasib nurli diyor Chamanzor bogʻ-u boʻston, Omon boʻlsin, Vatanimiz- Ozod hur Oʻzbekiston!