O'zbekiston respublikasi


O'qish faylda berilgan matn simmetrik ekanligini aniqlovchi programma tuzilsin (matn nuqta bilan tugaydi). 25



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə12/20
tarix21.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#187645
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
C dan laboratoriya ishlari

24. O'qish faylda berilgan matn simmetrik ekanligini aniqlovchi programma tuzilsin (matn nuqta bilan tugaydi).
25. Kamida ikkita har xil natural sonlarga ega va 0 bilan tugaydigan sonlar ketma-ketligi berilgan. Eng katta va eng kichik sonlar o'rtasidagi sonlar teskari tartibda chop qiluvchi programma tuzilsin.
26. Programma tuzilsin. Harflardan tashkil topgan, bo'sh bo'lmagan so'zlar ketma-ketligi berilgan bo'lib, so'zlar orasida vergul, oxirgi so'zdan keyin nuqta. Maksimal uzunlikka ega so'zlar chop qilinsin.
27. Programma tuzilsin. 1 dan 12 gacha lotin harflaridan tuzilgan so'zlar ketma-ketligi berilgan. Har bir so'z orasiga probel, oxirgi so'zdan keyin nuqta qo'yilgan. So'zlarni alfavit tartibida, ularning bu ketma-ketlikka kirishlari soni bilan chop qilinsin.
28. Oldingi masalani so'zlar uzunligi oldindan noma'lum holi uchun yechilsin.
29. Programma tuzilsin. 1 dan 8 gacha lotin harflaridan tuzilgan, bo'sh bo'lmagan so'zlardan iborat ketma-ketlik berilgan. So'zlar orasida probel, oxirgi so'zdan keyin nuqta bor. Bu so'zlar quyidagicha chop etilsin: oldin alfavit bo'yicha bir harfli so'zlar, keyin ikki harfli so'zlar va hokazo (bir xil so'zlar faqat bir marta chop etilsin).
30. Oldingi masala so'zlar uzunligi oldindan noma'lum bo'lgan hol uchun yechilsin.

14. Satrlar




1. type satr = string[60];
var s: satr;
Berilgan s satrdagi kichik kirill harflari mos katta harflarga almashtirilsin.
2. type satr = string[200];
var t: satr;
Berilgan t satrdagi bir-biridan farqli bo'lgan kichik kirill harflari alfavit tartibida chop qilinsin.
3. type satr = string[80];
var s: satr;
Berilgan s satr quyidagicha o'zgartirilib keyin chop qilinsin:
a) satrdagi barcha ‘bir’ satrostilari ‘1’ satrostiga almashtirilsin (bu erda ‘’ - probel);
b) satrga kiruvchi oxirgi ‘x’ harfini (agarda u mavjud bo'lsa) ‘ks’ ga almashtirilsin;
d) satrga kiruvchi barcha ‘th’ belgilar o'chirilsin;
e) satrga kiruvchi har bir q harfidan keyin u harfi qo'shilsin.
4. type son10=string[10];
son_natija = string[11];
var s1,s2 : son10; s3: son_natiga;
O’nlik sanoq sistemasidagi butun s1,s2 sonlarni razryad bo’yicha yigindisi s3 o’zgaruvchisida hosil qilinib chop qilinsin.
5. type bayt = string[8];
var b: bayt;
Berilgan b baytdagi 0 raqamlari 1 va 1 raqamlari 0 almashtirilsin (ikkilik sonnig teskari kodi hosil qilinsin).
6. type gap = string;
var g: gap;
Berilgan g gapdagi so’zlar bir -biridan ‘,’ yoki ‘ ‘ (probel) belgisi bilan ajratilgan. Gap nuqta bilan tugaydi. Chop qilinsin:
a) ketma-ketlikdagi faqat bir marta uchragan so'zlar;
b) ketma-ketlikdagi har xil so'zlarni va ularni necha martadan qatnashganligi;
d) ketma-ketlikdagi barcha so'zlar alfavit tartibida.
7. type gap = string;
var g: gap;
Berilgan g gapdagi so’zlar bir -biridan ‘,’ yoki ‘‘ (probel) belgisi bilan ajratilgan. Gap nuqta bilan tugaydi. Quyidagi shartlarni bajaruvchi so’zlar chop qilinsin:
a) simmetrik;
b) so'zdagi birinchi harf shu so'zda yana qatnashgan;
d) so'zning uzunligi maksimal;
e) so'zda takrorlanuvchi harflar yo'q;
8. Har biri 2 tadan 10 tagacha lotin harflaridan iborat 2 dan 30 gacha bo'lgan so'zlar ketma-ketligi berilgan. So'zlar bir-biri bilan kamida bitta probel bilan ajratilgan va oxirgi so'z nuqta bilan tugaydi. Ketma-ketlikning oxirgi so'zdan farqli barcha so'zlar quyidagi qoida bo'yicha o'zgartirilib chop qilinsin:
a) so'zdagi birinchi harfi uning oxiriga o'tkazilsin;
b) so'zdagi oxirgi harf uning boshiga o'tkazilsin;
d) so'zdagi birinchi harf olib tashlansin;
9. Har biri 2 tadan 10 tagacha lotin harflaridan iborat 2 dan 30 gacha bo'lgan so'zlar ketma-ketligi berilgan. So'zlar bir-biri bilan kamida bitta probel bilan ajratilgan va oxirgi so'z nuqta bilan tugaydi. Ketma-ketlikning oxirgi so'zdan farqli barcha so'zlar quyidagi qoida bo'yicha o'zgartirilib chop qilinsin:
a) so'zdagi oxirgi harf takrorlansa, oxirgisidan boshqa takrorlanganlari olib tashlansin;
b) so'zdagi har bir harfni faqat birinchi marta qatnashganini qoldirib, qolgani olib tashlansin;
d) agar so'zning uzunligi toq songa teng bo'lsa, u holda uning o'rtasidagi harf olib tashlansin.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin