O'zbekiston respublikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/20
tarix21.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#187645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
C dan laboratoriya ishlari

8. for takrorlash operatori


  1. n-ta sonlar jufti berilgan. x1, y1, x2, y2, ... ,xn, yn. Har bir sonlar juftini tekislikdagi nuqta koordinatalari deb qarab, berilgan nuqtalarni o'z ichiga oluvchi, markazi koordinata boshida bo'lgan eng kichik doiraning radiusi topilsin.

  2. Raqamlari yig'indisi n bo'lgan uch xonali natural sonlar soni – k topilsin. Bo'lish amallaridan (/, %) foydalanilmasin.

  3. O'nli yozuvida bir xil raqamlari bo'lmagan uch xonali sonlar o'sish tartibida chop etilsin (bo'lish amalidan foydalanilmasin).

  4. Taqribiy usulda integrali to'g'ri to'rt­burchaklar formulasidan foydalangan holda hisoblansin: , bu yerda , xi=ih-h/2, i=1..n, n=100.

  5. Butun n (n>1) soni va n ta haqiqiy sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Ketma-ketlik o’suvchi yoki yo’qligini aniqlaydigan programma tuzilsin.

  6. Butun n (n>1) soni va n ta haqiqiy sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Ketma- ketlikning manfiy elementlarining eng kattasi topilsin.

  7. Trapetsiya formulasidan-

foydalanib, integral -aniqlikda hisoblansin. Bu yerda c, d va  (s 0) berilgan sonlar. Zaruriy aniqlikka erishish uchun Runge qoidasidan foydalanilsin: agar integralning taqribiy qiymati va hokazolarda hisoblangan bo'lib, (bu yerda - oraliqni boshlang'ich bo'lish soni (masalan, =10)), ular uchun /3< bajarilsa, - integralning natijaviy qiymati sifatida olinishi mumkin.

  1. Berilgan 80 ta haqiqiy sonlar orasidan biror butun songa eng yaqinining tartib nomeri topilsin.

  2. Butun n (n>1) soni va n ta butun sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Ulardan nechtasi eng katta qiymat qabul qilishi aniqlansin.

  3. Berilgan n-ta (n>1) haqiqiy x1,x2,...,xn sonlardan foydalanib, quyidagi kattaliklar hisoblansin:



  1. Berilgan butun x1,x2,...,xn sonlarga bog'liq bo'lgan x1(x2+x3)(x4+x5+x6)...(x46+x47+...+x55) ifoda qiymatini hisoblaydigan programma tuzilsin.

  2. 100 ta butun sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Shu ketma-ketlikdagi faqat nollardan iborat eng katta ketma-ketlik ostidagi sonlar miqdori aniqlansin.

  3. Berilgan n ta haqiqiy sonlar orasida o'zidan oldingi va keyingi sonlardan katta bo'lgan sonlar miqdori topilsin.

  4. Berilgan, aii shartni qanoatlantiruvchi a1,b1, a2,b2, ..., an,bn, (n>2) sonlarni bir chiziqda yotuvchi kesmalarning chap (ai) va o'ng (bi) chegaralari deb qarab, barcha kesmalar kesishmasidan hosil bo'lgan kesma uchlarini – (ai,bi) topadigan, agar bunday kesma yo'q bo'lsa, bu haqda ma'lumot beradigan programma tuzilsin.

  5. Berilgan natural sonning mukammalligini, ya'ni musbat bo'luvchilarining (o'zidan boshqa) yig'indisi shu sonning o'ziga tengligini aniqlaydigan programma tuzilsin (misol uchun, 6 - mukammal, chunki 6=1+2+3).

  6. Berilgan 10 ta natural sonlarning eng katta umumiy bo'luvchisini topadigan programma tuzilsin.

  7. [2,n] (n>2) oraliqdagi barcha tub sonlarni chop etadigan programma tuzilsin.

  8. Berilgan natural sonning barcha tub bo'luvchilarini chop etadigan programma tuzilsin.

  9. Hadlar soni ikkitadan kam bo'lmagan nol bilan tugaydigan natural sonlar ketma-ketligi berilgan. Tartib nomerlari tub sonlar bo'lgan hadlarining yig'indisini aniqlaydigan programma tuzilsin.

  10. Berilgan natural sonlar ketma-ketligida tartib nomeri Fibonachchi sonlari bo'lgan hadlarining yig'indisini hisoblaydigan programma tuzilsin.

  11. Berilgan natural sonning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'ladigan sonni aniqlaydigan programma tuzilsin.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin