3. type qator=file of 0..999;
Bo'sh bo'lmagan r qator elementlari o'sish tartibida joylashganligini tekshiradigan tartib(r) mantiqiy funktsiyasi tuzilsin.
4. type matn= file of char;
Berilgan t1 va t2 matnlarning tengligini tekshiradigan mantiqiy teng(t1,t2) funktsiyasi tuzilsin.
5. type vaqt = record soat: 0..23; min, sek: 0..59 end;
Fv = file of vaqt;
Fv turidagi f va g fayllarni tengligini tekshiradigan mantiqiy teng_vaqt(f,g) funktsiyasi tuzilsin.
6. type suz = file of char;
var w1, w2 : suz;
w1 co'z w2 so'zdan leksikografik oldin kelishini tekshiruvchi mantiqiy lex_oldin(w1,w2) funktsiyasi tuzilsin.
7. type FR = file of real:
Kamida ikkita elementi bo'lgan FR turidagi f faylning oxiridan bitta oldingi element qiymatini qaytaradigan oxiridan_oldingisi(f) funktsiyasi tuzilsin.
8. type qator = array [1..100] of char;
matn = file of char;
var s: qator; t: matn;
Berilgan s satrda uchragan raqamlarni t matnga o'tkazadigan raqam(s,t) funktsiyasi tuzilsin.
type qator = file of 1.. maxint;
var f : qator;
f fayliga berilgan musbat butun n sonidan oshmaydigan Fibonachchi sonlarini (1,1,2,3,5,...) yozadigan fib(f,n) funktsiyasi tuzilsin.
10. type FB= file of boolean;
FB turidagi g fayl komponentalarini f faylga o'tkazadigan nusxa(f,g) funktsiyasi tuzilsin.
11. type belgi= file of ‘a’..’z’;
belgi turidagi f fayliga, oldin g fayldagi barcha elementlarni, so'ngra h fayli elementlarini yozadigan birlashtirish(f,g,h) funktsiyasi tuzilsin.
12. type sana = record
oy: (yan,feb,mar,apr,may,iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dec);
kun: 1..31
end;
Fs = file of sana;
var s, d, w: Fs;
Berilgan d faylidan barcha yozgi sanalarni s faylga, qishki sanalarni w faylga nusxalaydigan yoz_qish(d,s,w) funktsiyasi tuzilsin.
13. type reals= file of real;
Bo'sh bo'lmagan reals turidagi f fayl berilgan. f fayldagi elementlarning o'rta arifmetigidan kichik bo'lgan elementlar miqdorini aniqlaydigan UAdan_kichik(f) funktsiyasi tuzilsin.
14. type shaxs = record ismi: string[9]; yoshi: 1..99 end;
guruh = file of shaxs;
Bo'sh bo'lmagan guruh turidagi Gr faylidan eng kichik yoshdagi odamlar ismlarini chop qiladigan eng_kich(Gr) funktsiyasi tuzilsin.
15. Birdan sakkiztagacha harflardan iborat bo'lgan so'zlar ketma-ketligi berilgan. So'zlar bir-biridan vergul bilan ajratilgan, oxirgi so'z nuqta bilan tugagan. Oxirgi so'zdan farqli bo'lgan hamma so'zlarni chop qiladigan programma tuzilsin.
16. Birdan sakkiztagacha harflardan iborat so'zlar ketma-ketligi berilgan. So'zlar bir-biridan vergul bilan ajratilgan, oxirgi so'z nuqta bilan tugagan. Shu ketma-ketlikdagi eng qisqa uzunlikdagi so'zlarni chop qiladigan programma tuzilsin.
17. type matn = file of char;
var t: matn; c: char;
Funktsiya tuzilsin:
a) add1(t,c), t- matn boshiga c belgisini qo'shadigan;
b) addlast(t,c), t- matn oxiriga c belgisini qo'shadigan;
v) double(t), t- matndagi har bir raqamni ikkilantiruvchi;
g) replace(t,c), bo'sh bo'lmagan t matnning oxirgi belgisini s belgi bilan almashtiradagan;
d) next(t), t matnda uchragan har bir raqamni, shu raqamdan keyin keluvchi raqam bilan almashtiruvchi (‘9’ raqami ‘0’ bilan almashtiriladi);
j) del(t), t matndagi oxirgi elementdan oldingi elementni (agar u mavjud bo'lsa) o'chiradigan;
z) first(t), t matnda har bir elementning faqat birinchi uchraganini qoldiradigan.
18. type FR= file of real;
Berilgan f fayl toq uzunlikka ega yoki yo'qligini aniqlaydigan, agar javob ijobiy bo'lsa, m parametrga bu faylning o'rtadagi elementini beruvchi mantiqiy mid(f,m) funktsiyasi tuzilsin.