207
tovarga elektr energiyasi misol bo‘la oladi. Har bir iste’molchi bir oyda ma`lum
miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to‘lab, undan ortiqchasiga to‘lash
qobiliyati pasayib boradi.
Iste’molchi mablag‘i etmagani uchun eng kerakli miqdordagi (uyni minimal
yoritish uchun, muzlatgich, televizor ishlashi uchun zarur bo‘lgan) elektroenergiyaga
pul to‘laydi, lekin bu miqdordagi minimal elektroenergiyaning
qimmati qushimcha
olishi mumkin bo‘lgan elektroenergiya qiymatidan ancha yuqori bo‘ladi. Musbat
masshtab samarasi bo‘lganda elektroenergiya ishlab chiqarish
hajmining oshishi uni
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o‘rtacha va chekli xarajatlarni kamayishiga olib
keladi. Bunday holatda elektroenergiya narxini differentsiatsiya qilinishi maqsadga
muvofiqdir. Ya`ni, har xil miqdorda iste`mol
qilingan bir xil tovarga
(elektroenergiyaga) xar xil narx belgilash. Birinchi bosqichda ma`lum miqdorgacha
iste`mol qilingan
elektroenergiyaga alohida narx, ikkinchi bosqichda qo‘shimcha
miqdordagi iste`mol qilingan elektroenergiyaga oldingi bosqichdagiga nisbatan
kamroq narx belgilanadi. Ushbu vaziyat quyidagi 15.6-rasmda ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: