246
18-bob. KORXONALAR FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLISH
18.1.
Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Tovarga narx bozor tomonidan o‘rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni
ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida
iste’molchilar tovarni sotib oladi.
Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan
ko‘ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham
sotib olishi mumkin.
Iste’molchi ortiqchaligi
- iste’molchi tomonidan tovarga to‘lashi mumkin
bo‘lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi farqni bildiradi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo‘lgan
maksimal narxdan tovarni sotib olishda to‘lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga
teng.
Iste’molchi ortiqchaligi (qo‘shimcha naf) alohida insonning qanchalik o‘rtacha
yaxshi yashayotganligini ko‘rsatadi.
Iste’molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig‘i bilan bozor narxi
chizig‘i o‘rtasida joylashgan soha (18.1-rasmda shtrixlangan soha).
Dostları ilə paylaş: