18.2. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy
siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat
tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan maksimal va
minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida gapirgan edik.
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx
P max o‘rnatildi deylik,
ya’ni
e P P
max
(
e P muozanat narx) (18.4-rasm).
18.4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini
maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab
chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi
e Q dan
1
Q gacha kamayadi. Tovarni
sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va
ularning iste`mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda
qo‘shshtrixlangan
A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator
iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste`mol
ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan
B uchburchak yuziga teng. Demak,
iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
B A
ist.
(1), bu yerda,
ist.
- iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki,
B A
bo‘lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi
musbat
.
0
ist.