O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   410
MIKRO MAKRO

 
Qisqa xulosalar 
Iste’molchi ortiqchaligi
- iste’molchi tomonidan tovarga to‘lashi mumkin 
bo‘lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi farqni bildiradi. 
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo‘lgan 
maksimal narxdan tovarni sotib olishda to‘lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga 
teng. 
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan 
umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot 
xarajatlari bozor narxiga teng bo‘lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu 
xarajatlar bozor narxidan kichikdir. 
Davlatning bozor narxiga ta`sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish 
mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish 
orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish 
bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga 
misol bo‘lishi mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo‘lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat 
holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin 
bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni 


260 
optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini 
maksimal darajada qondirishga erishiladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Davlatning iqtisodiy siyosati deganda nimani tushunasiz? 
2.
Davlatning iqtisodiy siyosatini baholashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi 
ortiqchaligidan qanday foydalanish mumkin? 
3.
Ishlab chiqarish hajmini cheklash qanday oqibatlarga olib keladi? 
4.
Ishlab chiqarishga soliqni uzoq va qisqa muddatli ta`sirini izohlab bering. 
5.
Bozor qaysi holatda samarali faoliyat ko‘rsatadi? 
6.
Ishlab chiqarishni kvotalash tovar narxiga qanday ta`sir ko‘rsatadi?
7.
Barqaror narxlarni ta`minlashda davlatning roli. 
8.
Talab chizig‘i elastikligining jamiyat yo‘qotishiga ta`siri.


261 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin