O‘zbеkiston rеspublikаsi


Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   410
MIKRO MAKRO

19.2.Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va 
sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish 
usullari kiradi. . 
20
Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 5-е изд. , 
испр. и доп. –М.: Юрайт-Издат, 2004, 13 с. 


264 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos 
usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‘rsatkichlarni 
alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta 
qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida 
agregat kattaliklardan 
foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi. 
Agregatlash
, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona 
makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi 
makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‘rsatkichlar 
yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish 
mumkin bo‘ladi. 
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga 
bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat 
ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy 
bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari 
kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‘rtacha miqdori bozor foiz 
stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan 
foydalaniladi. 
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat 
ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. 
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi 
miqdoriy, sabab- oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko‘rinishida ifodalaydi.5 
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i 
keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham 
algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi 
makroiqtisodiy modellar o‘am ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. 
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy 
darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish 
mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari 
o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda 
qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi 
mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab 
bo‘lmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil 
davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari 
mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar 
tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir 
model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis qamrab 
olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim 


265 
iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi 
mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy 
siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. 
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin