Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo‘lib, u o‘zining a`zolari
nomidan va ko‘rsatmasiga ko‘ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga
ega tashkilot.
Kvazioptimum - Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish mumkin
bo‘lmaganda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash
(optimalga yaqin).
Koldora-Xiks mezoni - turmush farovonligi mezoni bo‘lib, unga ko‘ra
yutganlar o‘z yutug‘ini boy berganlarning yo‘qotishidan yuqori deb narxlasa.
Kooperativ o‘yin - o‘yinda bir neta o‘yinchilar o‘zaro kelishib, birgalikda
o‘ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o‘yinga misol sifatida karterni harash mumkin).
Kurno muvozanati - duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda
shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi
firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta`sir qiluvchi
funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
Lorens chizig‘i - biror bir ko‘rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi
egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) tomonidan aholi
daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad
solig‘i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorens chizig‘ining botiqligi
kamayadi.
Masshtab samarasi - bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati
bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‘sish surati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi
deyiladi.
Ma`naviy tavakkalchilik - yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan
to‘liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko‘rsatishga intiluvchi shaxsning hatti-
harakati.