5.4. Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko‘ra tahlili Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda
muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi,
ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko‘ra o‘zgaradi. Talab va
taklifning elastik yoki elastik bo‘lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini
iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to‘lashini aniqlab beradi.
Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga
t miqdorda (o‘zgarmas) soliq belgilasin.
Bu o‘z navbatida taklif chizig‘ini
S holatdan yuqoriga
Ś –holatga siljitadi (5.8-rasm) .
Umumiy soliq iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlanib, o‘z
ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “
o‘lik yuk ”
bo‘lib, jamiyat uchun sof yo‘qotish hisoblanadi.
5.8-расм. Солиқ юкининг тақсимланиши Ishlab
chiqaruvchi
to`laydigan
qism
Iste′molchi
to`laydigan
qism
P 1 P 0 P 2 m E 1 E 0 Soliq yuki
ortiqchaligi
M Ś S D Q