82
Ne’matning nafliligi
- ne’matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira
olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining
ehtiyojini
qondira oladigan har qanday iste’mol ob’ektidir. Ko‘p hollarda ne’matlar yakka
tartibda emas, balki majmua tartibda yoki “iste’mol savati” bilan iste’mol qilinadi.
Iste’mol nazariyasida: iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish
va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari)
bilan chegaralangan; ular
ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat
qiladi; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat
narxi uning miqdoridan
bog‘liq emas; iste’molchilar ne’matlar nafligini to‘liq biladi va maksimal naf
beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.
6.2-rasm. Iste’molchi tanlovning asosiy postulatlari
Naflilik funksiyasi.
Avstriya iqtisodchilar
maktabi namoyondalari
K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar
zaxirasi va uning miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘ringanlar.
Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta’sir qiluvchi
Dostları ilə paylaş: