Ko‘pchilikka ergashish samarasida iste’molchi atrofdagilar va modadan ortda
qolmaslikka tirishib, ko‘pchilik nimani ma’qul ko‘rsa shuni xarid qilishga moyil bo‘ladi.
Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog‘liq bo‘lib
qoladi. Ko‘pchilikka ergashish samarasi deganda iste’molchining umum qabul qilingan
normalar ta’sirida ko‘pchilik xarid qiladigan ne’matlarga talabini oshishi bilan bog‘liq
samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig‘i yotiq bo‘ladi.
2.
Snob samarasida iste’molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi
baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti-harakatiga bog‘liq, ammo bu
teskari bog‘liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne’matni iste’mol qilishi ta’sirida
talabda yuz beradigan teskari o‘zgarishni ifodalaydi. Ya’ni, agar atrofdagilar shu ne’matga
talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste’moldan voz kechadi. Snob
samarasida talab elastikligi past bo‘ladi.
3.
Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e’tibor ketidan quvib
unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko‘zlovchi namoyishkorona iste’molni nazarda
tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil
topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste’molchi talabining oshishi
bilan bog‘liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki,
agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste’mol qilish
hajmiga bo‘g‘liq holda o‘zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki
arzonligiga qarab o‘zgaradi.
Ne’matga xos xususiyatlardan xoli bo‘lgan nofunksional talabga yana spekulyativ
va noratsional talablar kiradi.
Spekulyativ talab inflyatsion kutishlar yuqori bo‘lgan
jamiyatlarda, kelgusida
narxlarning oshib ketish xavfi joriy davrda qo‘shimcha talab va iste’mol hajmini yuzaga
keltirishi bilan izohlanadi.