162
12-bob. MUKAMMAL RAQOBATLASHGAN BOZORDA, QISQA
MUDDATLI ORALIQDA FIRMA FOYDASINI
MAKSIMALLASHTIRISH VA UNING TAKLIFI
12.1. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firma daromadlari
va ularni hisoblash
Bozor
mukammal raqobatlashgan
yoki
raqobatlashgan
bozor bo‘ladi, agar
unda quyidagi shartlar bajarilsa:
˗
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul
qiladilar va ular narxga qila olmaydilar;
˗
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni
bozordan chiqishi
cheklanmagan;
˗
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi;
˗
bozor sub’ektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof
raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi.
Raqobatlashgan bozorda
harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin
raqobatlashuvchi firma to‘g‘risida gapirilganda, biz raqobatlashgan
bozorda harakat
qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida
shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta'sir qila olmaydi:
const
P
.
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan
tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani
uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko‘p.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi
tovarlarni bir xil deb, ya’ni
ularning sifati bir xil deb qaraymiz (amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi
har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko‘ra
yuqori
bo‘ladi).
Raqobatlashgan bozorda
Dostları ilə paylaş: