322
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat
darajasi(Y0)dan ko‘p bo‘lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif
qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD
ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Zahiralarning o‘sishi firmalarda ishlab chiqarish hamda
bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa YaIM hajmini Y1 dan Y0
gacha kamayishigaolib keladi va daromad va rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi.
O‘z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi.
Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam
bo‘lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab
chiqarayotganligini (AD>AS) ko‘ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining
kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o‘sadi
va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga
erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar
komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof
eksport) o‘zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning
miqdorining o‘sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va
aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: