: ΔY 1 m = --------- = ----------- ΔA 1- MPC Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo‘lsa multiplikator
samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik
progressiyani anglatadi, ya’ni
m=1+b+b 1 +b 2 +b 3 +b 4 +…+b n , bu yerda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko‘paytiramiz:
mb=b+b 2 +b 3 +b 4 +…+b n+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:
m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1 Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:
m = (n+1) / (1-b) b kasr son va
bn+1 nolga juda yaqin bo‘lgani uchun
m = 1/ (1-b ) tenglik to‘g‘ri bo‘ladi
54
.
Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi budjet soliq
siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat o‘z xarajatlarini oshirayotganda,
yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko‘rayotganda, bu xarajatlar yalpi
talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
25.5. Retsession va inflatsion uzilish Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y0) potensial (Y*) hajmidan kam
bo‘lsa, yalpi talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan
bo‘lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to‘liq bandligi darajasini
ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko‘rsatadi.
54
N. Gregory Mankiw. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 310