O‘zbеkiston rеspublikаsi


–bob. PUL BOZORIDA MUVOZANAT



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   410
MIKRO MAKRO

 
26–bob. PUL BOZORIDA MUVOZANAT 
 
26.1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari 
 
Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo‘lib, mulkning boshqa turlaridan 
ikki xususiyatiga ko‘ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa 
muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga 
ega; ikkinchidan baholar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad 
keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. 
Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat 
qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz. 
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 
Bular: to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish 
(boylik to‘plash) vositasi. 
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to‘lov vositasiga 
aylantiradi. 
Qiymat o‘lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini 
taqqoslash imkonini beradi. 
O‘z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu 
sababga ko‘ra pullar ularga o‘tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul 
aytilgan xususiyatga ega bo‘lsa, unda u boylik to‘plash maqsadida jamg‘ariladi. Pulning 
bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aksiyalar
ko‘chmas mulk ham bajarishi mumkin. 
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi 
jamg‘arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao‘hamiyat kasb etadi. 
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi 
to‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi 
djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul 
massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga 
bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb 
belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. 
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‘zaro farq qilish 
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: 
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy 
bankdagi rezervlari; 
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo‘l cheklari va boshqalar; 
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar; 
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va 
boshqalar”55. 
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‘p foydalaniladi. Pul 
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. Masalan, daromadlarning oshishi 
natijasida M1ga talab tezroq o‘ssa, foiz stavkasining o‘sishi natijasida M2 va M3ga talab 
M1ga nisbatan tezroq o‘sadi. 


328 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin