O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Pulga talabning klassik nazariyasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   410
MIKRO MAKRO

 
26.2. Pulga talabning klassik nazariyasi 
 
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo‘lgan talabni almashinuv tenglamasi 
yordamida aniqlaydi: 
M · V = P · Y 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar 
darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. 
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo‘lganligi 
uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni 
tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o‘zgarishi mumkin. V doimiy 
bo‘lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: 
M · V* = P · Y 
(Fisher tenglamasi), bundan: 
P · Y M= ----------- 
V* 
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, 
muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar 
miqdori va ularning bahosi o‘zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM 
o‘zgarishiga bog‘liq. Muomaladagi pul massasining o‘zgarishi, klassik nazariyaga ko‘ra, 
Y sekin o‘zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat “pulning 
neytralligi” nomini olgan. 
Monetaristlar qoidasiga ko‘ra hukumat pul massasining o‘sish sur’atini, real 
YaIMning o‘rtacha o‘sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar 
darajasi barqaror bo‘ladi. 
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij 
tenglamasidan ham keng foydalaniladi: 
M=k*PY 
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. 
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini 
ko‘rsatadi. 
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo‘lgan turlicha moliyaviy aktivlar 
mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko‘rinishida saqlashni tanlash imkoniyati 
mavjudligini ko‘zda tutadi. 
Pulga real talab quyidagi ko‘rinishda hisoblanadi: 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin