26.2. Pulga talabning klassik nazariyasi Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo‘lgan talabni almashinuv tenglamasi
yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar
darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo‘lganligi
uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni
tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o‘zgarishi mumkin. V doimiy
bo‘lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak,
muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar
miqdori va ularning bahosi o‘zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM
o‘zgarishiga bog‘liq. Muomaladagi pul massasining o‘zgarishi, klassik nazariyaga ko‘ra,
Y sekin o‘zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat “pulning
neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko‘ra hukumat pul massasining o‘sish sur’atini, real
YaIMning o‘rtacha o‘sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar
darajasi barqaror bo‘ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij
tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini
ko‘rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo‘lgan turlicha moliyaviy aktivlar
mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko‘rinishida saqlashni tanlash imkoniyati
mavjudligini ko‘zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko‘rinishda hisoblanadi: