O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   410
MIKRO MAKRO

 
25.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi 
retseession uzilish. 
YaMM (YaIM)ni to‘liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o‘stirish 
uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko‘paytirilishi zarur bo‘lgan miqdor retsession 
uzilish deyiladi (25.3-rasm). 
Ishlab chiqarishda to‘liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo‘qotish 
uchun yalpi talabni rag‘batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan 
«V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o‘sishi 
ΔU quyidagiga teng bo‘ladi: 
25.4-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi 
inflatsion uzilish. 
ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori 
miqdori 


325 
 
YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi 
talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi. 
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko‘p 
bo‘lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda 
inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi 
taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo‘lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM 
hajmlari o‘rtasida inflatsion uzilish ro‘y beradi (25.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf 
qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni 
cheklash zarur. 
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi. 
Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY) qisqarish quyidagicha 
bo‘ladi: 
ΔY=Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori 
miqdori. 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini 
qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib, uning 
xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu 
modelda baholar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu 
sababga ko‘ra tovar moddiy zahiralarining o‘sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy 
muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin