26–bob. PUL BOZORIDA MUVOZANAT 26.1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo‘lib, mulkning boshqa turlaridan
ikki xususiyatiga ko‘ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa
muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga
ega; ikkinchidan baholar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad
keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam.
Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat
qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular: to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish
(boylik to‘plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to‘lov vositasiga
aylantiradi.
Qiymat o‘lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini
taqqoslash imkonini beradi.
O‘z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu
sababga ko‘ra pullar ularga o‘tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul
aytilgan xususiyatga ega bo‘lsa, unda u boylik to‘plash maqsadida jamg‘ariladi. Pulning
bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aksiyalar,
ko‘chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi
jamg‘arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao‘hamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi
to‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi
djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul
massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga
bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb
belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‘zaro farq qilish
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy
bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo‘l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va
boshqalar”55.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‘p foydalaniladi. Pul
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. Masalan, daromadlarning oshishi
natijasida M1ga talab tezroq o‘ssa, foiz stavkasining o‘sishi natijasida M2 va M3ga talab
M1ga nisbatan tezroq o‘sadi.