27.2. Davlat budjeti xarajatlari
Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy
mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining
keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko‘rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda
(mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning
yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi
kuzatilmoqda.
Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va
aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi
davlatimiz
tomonidan
kuchli
ijtimoiy
siyosatning
moliyaviy
asoslarini
shakllantirilayotganligini
kuzatishimiz
mumkin.
Buni
quyidagi
jadval
ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
27.1-jadval
Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan % da)
58
Ko‘rsatkichlar
2010
2011 2012
2013 2014 2015
2016
2017
Davlat
budjeti
xarajatlari, jami
21,7
21,5
21,6
21,7 21,7
20,5
20,5
19,8
Ijtimoiy soha va
aholini
ijtimoiy
qo‘llab-quvatlash
xarajatlari
12,7
12,5
12,7
12,7 12,8
12,1
12,1
10,9
Iqtisodiyot
xarajatlari
2,5
2,5
2,4
2,3
2,3
2,2
2,2
2,1
Markazlashgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
1,4
1,4
1,2
1,2
1,1
1,0
1,1
1,3
Davlat hokimiyati
va
boshqaruvi
organlari,
sud
organlari
xarajatlari
0,8
0,8
0,9
1,0
1,0
0,9
0,9
0,8
Boshqa xarajatlar
4,4
4,3
4,4
4,5
4,5
4,3
4,3
4,7
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari
yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida
58
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari
337
ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012 yilda 58,3%dan 2017 yilda 58,9% gacha
o‘sib borgan. Ushbu holat o‘z navbatida, jahondagi barcha davlatlar orasida eng
yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadiki, o‘z navbatida Respublikamizda izchil amalga
oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidan
dalolatdir. shuningdek, ushbu xarajatlarning o‘sib borishi bilan birga ular davlat
budjeti xarajtlari tarkibida eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari esa 2012 yilda 2338 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib,
jami budjet xarajatlarida 11,0 foizni tashkil etgan. 2017 yilga kelib ushbu
xarajatlarning jami davlat budjeti xarajatlaridagi salmog‘i 10,6 %ni takil etgan. Lekin
ushbu xarajatlar nominal mazmunda o‘sib borgan.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirish 2012 yilda 1174
mlrd. so‘m, 2013 yilda 1300 mlrd. so‘mni va 2016 yilda 2104 mlrd. so‘mni tashkil
etgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish
bilan bog‘liq yirik va strategik ahamtyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda
budjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va
jihozlash fondiga ajratililayotgan mablag’larning oshib borshi ta’lim va tibbiyot
muassasalarini modernizatsiya qilish orqali ta’lim va soliqni saqlash bo‘yicha
xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish, pirovardida aholining intellektual salohiyati va
turmush farovonligini yuksaltirishda davlat budjeti alohida ahamiyatga ega
bo‘layotganini tasdiqlaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun
xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2012 yilda jami budjet xarajatlarini 3,9 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu xarajatlar 4,4 foizni tashkil etgan. Demak,
nominal mazmunda ushbu xarajatlar qariyib 2 barobardan ko‘p o‘sgan bo‘lsa-da,
ularning budjet xarajatlaridagi 0,5 f.b.ga ko‘paygan.
Yuqoridagi jadvaldagi budjet xarajatlari budjet siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor ekani kuzatilmoqda. Davlat budjetining
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari asosan ta’lim,
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy
nafaqalardan tashkil topgan.
2010-2016 yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha
islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu bir nafar o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga)
xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya
bolalari muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini joriy
etilganligi va 2010 yildan boshlab ushbu tartibni respublikaning barcha hududlaridagi
mazkur muassasalarga tatbiq etilgani hisoblanadi. Natijaga yo‘naltirilgan
budjetlashtirishning ushbu elementi budjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini
oshirilishini ta’minlab xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit
338
yaratilishiga olib kelmoqda. Ushbu islohotlarning samarali natijalariga erishishda
davlat budjeti xarajatlarining hissasi yuqori bo‘lmoqda.
Davlat budjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi
yillarda davlat budjeti pofitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet
xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta’minlanishi natijasida xarajatlarning
maksimal iqtisod qilinishi ta’minlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |