26.6. Pul bozorida muvozanat Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun
pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P) s
darajasida qayd
qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining
real zahirasi miqdorini ko‘rsatadi.
(M/P) s = M*/P* Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi. 26.1-
rasm real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan
vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda
ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi
qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan
vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi
M*/P* ga teng va grafikda
Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri
chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng, (9.2-
rasm).
O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz
stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini
o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib
uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga
bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha
naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq
darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi
pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi.