O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   410
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Pul taklifi asosida nimalar yotadi? Bank multiplikatori qanday aniqlanadi? 
2.
Pul bazasining mohiyatini tushuntirib bering. 
3.
Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering. 
4.
Deponentlash koeffitsenting pasayishi pul multiplikatori va pul taklifiga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
5.
Pul bozoridagi muvozanat nuqtasi nimani bildiradi? Pul bozorida muvozanat 
qay yo‘sinda ta’minlanadi? 


335 
27–bob. DAVLAT BUDJETI,

SOLIQLAR VA DAVLAT QARZI 
 
27.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari 
 
Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat 
budjetiga tayanadi. 
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu 
qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. 
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga 
shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb 
qaraladi. 
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang 
investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va 
sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. 
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) 
ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat 
tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va 
xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va 
xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy 
yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import 
qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya 
qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. 
Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya 
va subsidiya shakllarida olib boriladi. 
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va 
budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi 
mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni 
qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va 
boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi 
davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, 
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p 
mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq 
siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish orqali 
investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi. 


336 
Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta 
taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin