334
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o‘sishi (26.3-rasm)
pulga talabni
M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko‘tarilishiga
olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‘tarilishiga va
muvozanat nuqtasining o‘zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o‘rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli
qog‘ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi.
Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari
makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
Qisqа хulosаlаr
Pul to‘lov, jamg‘arish va qiymat o‘lchovi
funksiyalarini bajaruvchi, yuqori
likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan ,
uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga
qarab agregatlarga
ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko‘proq M1 va M2 agregatlariga
qaratiladdi.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada,
tijorat banklari ham kredit
berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira
normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag‘lardan, balki aholi qo‘lidagi
naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi,
deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog‘liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif
muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida
muvozanat nuqtani narxlar
tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: