O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   410
MIKRO MAKRO

(M/P)d = k Y 
Bu yerda: M/P – “real pul qoldig‘i”, “pul mablag‘larining real zahirasi” deb 
nomlanadi. 
26.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi 
 
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd 
ko‘rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko‘rsatadi: 
1.
transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 


329 
 
2.
ehtiyotkorlik sababli (ko‘zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd 
pullarni saqlash); 
3.
spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun 
pulga talab). 
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‘rtasidagi teskari 
bog‘liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi
ularga talab esa oshadi. Bu esa o‘z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda 
naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. 
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal 
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‘rsatadiki pulga bo‘lgan talab miqdori foiz 
stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‘lda ushlab turishning muqobil 
xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‘lda ushlab turgan 
sharoitda yo‘qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir 
qilganidek, naqd pullarni qo‘lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab 
miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini 
naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. 
Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozamiz: 
M/P = f(R) 
 
Bu tenglama ko‘rsatayaptiki, pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasi funksiyasi 
ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog‘liklikka ega 
ekanligi ko‘rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini 
ko‘rsatadi 
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning 
quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)
daromadlar darajasi; 
2)
pulning aylanish tezligi; 
3)
foiz stavkasi. 
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog‘lasa, 
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog‘liq deb hisoblanadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin