O‘zbеkiston rеspublikаsi


Soliqlarning turlari va funksiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   410
MIKRO MAKRO

27.3. Soliqlarning turlari va funksiyalari 
Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu 
munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z 
mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida yuzaga keladi. 
Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki 
bozorlarda oldi-sotdi kilganda ham pul to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula 
olmaydi. Soliq munosabati bulish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot kiymatini taksimlash yo‘li bilan majburan davlat budjetiga mablag to‘plash 
jarayonini amalga oshiradi. 
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘ladi, ularga: majburiylik, xazinaga 
tushishlik, kat’iylik va doimiylik, anik soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari 
mavjuddir. 
Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig‘imlar majburiy bo‘ladi, bunda davlat 
soliq to‘lovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib 
kuyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili 
asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat 
uchun kafolatlangan. 
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta 
xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to‘lov 
boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste’dod», «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy», 
«Mahalla» jamg‘armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo‘lmaydi. Chunki 
majburiylik tamoyili yuk, u to‘lov davlat mulkiga tushmaydi. 
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixda 50 va 
100 yillab o‘zgarmasdan harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi kancha 
chuqur bo‘lsa soliqlar shuncha kat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat kiladi yoki 
juda kam o‘zgaradi. 
To‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil mikdorda qaytib 
keladi. “Soliqqa tortish tizimida eng muhimi – bunda soliqlarning ichki mohiyati 
mujassamlashgan- shunaki, u soliqlarni to‘liq va samarali qaytarilish tamoyiliga amal 
qilishi kerak. Faqatgina soliqlarning to‘liq, manzilli va samarali qaytarilishligigina 
soliq mexanizmini ijtimoiy takror ishlab chiqarishning eng muhim bo‘g‘inlaridan 
biriga aylantiradi”
59

59
Козырев В.М. Основы современной экономики”. М.: “Финансы и статистика”, 2005, 242 с. 


339 
Lekin, davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga to‘liq 
kaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Masalan, soliq to‘lovchi bu yili 
davlatning soyolikni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‘lishi 
mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to‘lovchilarning tulagan 
soliq va yig‘imlari davlatning ularga ko‘rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, 
xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni urnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy 
xizmatlar) orqali o‘zlariga kaytib keladi. Demak, soliq to‘lovchilar nuktai nazaridan 
olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko‘rsatgan ijtimoiy 
xizmatlari uchun tulanadigan (to‘lov) xaqdir. Soliqlar budjetga va davlat pul 
fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‘lgan pul to‘lovi 
munosabatlaridir. 
“Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o‘z 
tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot etkazib beruvchini topishi va o‘zi 
iste’molchini topib unga mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat 
ularning bir qism daromadlarini taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. 
Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning karori zarur, ya’ni qonun bilan olingan to‘lov 
byudzjetga o‘tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochik, anik bo‘ladi, 
demokratik to‘lovga aylanadi”
60
65. 
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‘lganligidan to‘lovchilar va budjet o‘rtasida 
daromadlar taksimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga 
olish zarur. Soliq to‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni 
budjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Bu xaqda ko‘plab yirik iqtisodchilar va 
davlat arlari o‘z asarlarida kO‘rsatib utgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq 
to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib 
soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, 
bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maksadalari uchun etarli 
molyaviy resurslar tuplash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq 
to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z 
ifodasini topadi. 
Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya’ni pul munosabati 
mavjuddir. 
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil 
etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu 
ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo‘lgan 
munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini 
ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu 
yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga 
(pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalarga) to‘lovlarni ham 
60
Поляк Г.Б. Налоги и налогообложение.: Учебное пособие-М.: “ЮНИИТИ”, 2003, 63-с 


340 
majburiylik nuktai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda 
mahalliy soliql ar va yig‘imlarni o‘z ichiga oladi (27.2-jadval). 
10.2-jadvalda ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda soliqlar kodeksda 6 ta 
umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin