O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   410
MIKRO MAKRO

Qisqа хulosаlаr 
Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat to‘liq bandlik sharoitida 
ro‘y beradi, qisqa mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya’ni 
tbaho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafs etiladi deb 
hisoblashishadi. 
Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli o‘laroq ingliz iqtisodchisi J. Keyns 
o‘zining to‘liq bandlik mavjud bo‘lmagan sharoitda ham makroiqtisodiy muvozanat 
ro‘y beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda to‘liq bandlilik faqatgina tasodifiy ro‘y 
beradi deb hisoblaydi. 
Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni ta’minlovchi 
ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuqtasida ro‘y 
beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o‘zgarishi makroihtisodiy muvozanatni 
ta’minlovchi omil deb qaraladi. 
Yalpi daromadlarning avtonom xarajatlar miqdoridagi dastlabki o‘sishdan 
(kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sishi (kamayishi) multiplikator samarasi deyiladi

Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. 
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori iste’molga chegaralangan moyillik 
darajasi bilan belgilanadi va u bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka ega. 


326 
 
Makroiqtisodiy muvozanat potensial YaIM hajmidan kamroq bo‘lgan haqiqiy 
YaIM hajmida o‘rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo‘lsa inflatsion uzilish ro‘y 
beradi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning mohiyatini 
tushuntirib bering. 
2.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va 
klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada? 
3.
Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz? 
4.
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta’rif bering. 
5.
Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi 
mexanizmga izoh bering. 
6.
Multiplikativ samara nima sababdan ro‘y beradi. 
7.
Retsession uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf 
qilinadi? 
8.
Inflatsion uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf 
qilinadi? 


327 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin