329
2.
ehtiyotkorlik sababli (ko‘zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd
pullarni saqlash);
3.
spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun
pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‘rtasidagi teskari
bog‘liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa,
obligatsiyalar bahosi pasayadi,
ularga talab esa oshadi. Bu esa o‘z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda
naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‘rsatadiki pulga bo‘lgan
talab miqdori foiz
stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‘lda ushlab turishning muqobil
xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‘lda ushlab turgan
sharoitda yo‘qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir
qilganidek, naqd pullarni qo‘lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab
miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini
naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.
Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozamiz:
M/P = f(R)
Bu tenglama ko‘rsatayaptiki, pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasi funksiyasi
ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog‘liklikka ega
ekanligi ko‘rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab
miqdorining kamayishini
ko‘rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib,
pulga talabning
quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
daromadlar darajasi;
2)
pulning aylanish tezligi;
3)
foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog‘lasa,
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog‘liq deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: