O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   410
MIKRO MAKRO

25.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar 
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini 
olish uchun yalpi talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun 
ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda yalpi talab nazariyasi deb yuritiladi. 
Yalpi talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy 
beqarorlik sabablaridan biridir. 
“Haqiqiy investitsiyalar 
rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar 
miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy 
zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu 
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va 
investitsiyalar miqdorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy 
muvozanatni ta’minlaydi”
50

Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning 
mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallagan xarajatlari kiradi
51
. Firmalar tomonidan 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o‘zgarishlar tovar moddiy 
zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar 
rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. 
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi
: E=C+ I +G+Xn 
ko‘rinishiga ega. Dekmak 
uning grafigi iste’mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T)) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda 
yuqoriga surilgan bo‘ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo‘lib, uning funksiyasi esa 
quyidagi ko‘rinishga ega: 
Xn = g - m’Y 
Bu yerda :g – avtonom sof eksport; 
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. 
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o‘zgarish miqdorini bunga 
sabab bo‘lgang‘ daromadlardagi o‘zgarish miqdoriga bo‘lib topiladi. 
m’ = ΔM / ΔY; 
Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o‘zgarishi; ΔY - daromadlarning 
o‘zgarishi. 
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda 
iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo‘lgan xarajatlari 
50
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.- 
М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005., 114-с 
51
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 305 


321 
 
miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi 
yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, balki tovar olib chiqib 
ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning 
uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o‘zgarishi bilan sof eksport (Xn) 
o‘rtasidagi bog‘liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan 
belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish jarayonini 
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o‘zgarishiga bog‘liq 
emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar 
miqdoriga qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig‘indiga teng deb 
olinadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin