383
mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi
koeffitsenti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki
ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro
bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsent o‘zgarishi
mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning berilgan texnik
qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning turli
kombinatsiyalarini qo‘llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi;
-
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik
tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan farqli ravishda,
neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga
ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor muvozanatini
avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning iqtisodiyotga
aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga
qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash
xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish
nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi
taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan
ifodalangan
75
. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan
foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari o‘rtasidagi
funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Dostları ilə paylaş: