O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   410
MIKRO MAKRO

35- bob. TO‘LOV BALANSI 
 
35.1. To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi 
To‘lov balansi - ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo 
o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy 
aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining 
hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini 
bajaradi. Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, 
tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. 
Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali 
amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida 
xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini 
bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga 
chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat 
eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni 
sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy 
ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo‘lishi mumkin. 
To‘lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo‘linadi: joriy 
operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar (35.1- jadval). 
35.1-jadval 
Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi (raqamlar shartli) 
Moddalar nomi 
Kredit (+) yoki 
eksportdan 
tushumlar 
Debet (-) yoki
import uchun 
xarajatlar 
Sof kredit 
yoki sof
debit 
Joriy operitsiyalar hisobi 
Tovarlar 
+185 
-260 
-75 
Tashki savdo balansining 
koldig‘i 
-75 
Xizmatlar 
+85 
-97 
-12 
Investitsiyalardan daromadlar 
(foizlar va divedentlar) 
+28 
-20 
+8 
Transfert kurinishidagi pul 
o‘tkazmalari 
+10 
-18 
-8 
Joriy operatsiyalar buyicha 
balansning qoldig‘i 
-87 
Kapital xarakatning hisobi 
Investitsiyalar va boshqa o‘rta 
va uzoq muddatli kapital 
+150 
-87 
+63 
Kapital harakati balansining 
qoldig‘i 
+63 
Joriy operatsiyalar va kapital 
harakati buyicha balansning qoldig‘i 
-24 
Rasmiy zahiralar (oltin, 
XFVdagi zahiralar) 
+24 
+24 


415 
 
Shunga ko‘ra to‘lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 
1.
Joriy operatsiyalar hisobi; 
2.
Kapital harakati hisobi. 
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import 
esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki 
mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa 
debet sifatida ko‘rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib
mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga 
olib keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin