412
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar
uchun tarif va
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni
e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
2.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida
eksportyor ko‘rgan yo‘qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi
savdo liberallashtirib
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: