408
Proteksianizm siyosatining
muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor
mahsulotlarga bojni ko‘tarish va yarim tayyor mahsulotlarga
esa uning miqdorini
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar,
unda bojxona tarifi, barcha
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo‘lib qoladi.
Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo‘jaligida yuz
berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining
pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko‘p
tomonlama
muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag‘batlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‘llovchi fikrlarga aksincha bo‘lgan
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‘tilgan natijalarga boshqa usullar bilan
kamroq yo‘qotishlar hisobiga ham erishsa bo‘ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada
asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush
darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini
belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Dostları ilə paylaş: