419
netto-importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga
va transfert to‘lovlarini
moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda
joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat milliy jamg‘armalarning
bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga
investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyalar balansi
holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‘rsatadi.
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda
qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov balansi umumiy (yakuniy)
qoldig‘ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib norezidentlarning mamlakatga
nisbatan likvidli talablarning ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi
mamlakat rasmiy zahiralarning ko‘payishidan (kamayishidan) dalolat beradi. Bu
qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi.
Qayd qiligngan valuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob
kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining
kamayganligini) anglatgani holda valuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi.
Suzib yuruvchi valuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov balansi tushunchasini
yo‘qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar
qoldig‘ining oqibati, balki to‘lov balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan
oqimlaridagi o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi.
0>
Dostları ilə paylaş: