O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə386/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   410
MIKRO MAKRO

Qisqа хulosаlаr 
To‘lov balansi – mamlakatning dunyoning boshqa davlatlari bilan bo‘lgan 
savdo va moliyaviy operatsiyalari aks ettirilgan hujjat. U ikki qismdan, joriy 
operatsiyalar va kapital harakati balansidan tashkil topgan. 
Savdo balansi mamlakatning joriy tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha 
tushumlar va xarajatlarni aks ettiradi. Mamlakat eksporti uning importidan ko‘p 
bo‘lsa joriy operatsiyalar balansi musbat qoldiqli bo‘ladi. 
Joriy operatsiyalar balansidagi o‘zgarishlar ichki ishlab chiqarish va o‘z 
navbatida ichki bandlilik bilan bog‘liq. 
Kapital harakati balansi aktivlarni sotish va sotib olish bo‘yicha barcha xalqaro 
bitimlarni xarakterlaydi. Aktivlarni sotib olish xorijiy valutaning chiqib ketishini, 
sotish esa kirib kelishini anglatadi. 
Har qanday xalqaro bitimlar to‘lov balansida ikki bir-birini muvozanatlovchi 
yozuv ko‘rinishida qayd etilgani uchun hamjoriy operatsiyalar balansi va kapital 
harakati balansi qoldiqlari 0ga teng bo‘ladi. 
To‘lov balansi taqchilligi rasmiy zahiralarning qisqarishi hisobiga qoplansa 
uning aktiv saldosi rasmiy zahiralarning o‘sishiga olib keladi. 
Qayd etilmagan valuta kursi sharoitida tqldov balansi valuta kursining 
o‘zgarishi hisobiga muvozanatlashadi. 
Milliy valutasi jahon iqtisodiyotida zahira valutasi hisoblanmaydigan 
mamlakatlar Markaziy banklaridan rasmiy valuta zahirasi cheklanganligi tufayli 
to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib 
keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. 
Qayd etilgan valuta kursi tizimida to‘lov balansini tartibga solish uchun tashqi 
savdo siyosati, pul kredit va fiskal siyosat vositalaridan foydalaniladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Mamlakat to‘lov balansi necha qismdan iborat va ularda nimalar qayd 
etiladi? 
2.
To‘lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi? 
3.
Joriy operatsiyalar balansida aks ettiriladigan operatsiyalarni sanab bering. 
4.
Kapital harakati balansining mohiyatini tushuntirib bering. 
5.
To‘lov balansi tarkibiy qislari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirib bering. 
6.
To‘lov balansi taqchilligi va inqirozi bir xil tushunchalarmi? 
7.
Erkin tebranuvchi valuta kursi tizimida to‘lov balansi qay yo‘sinda 
barqarorlashadi? 
8.
To‘lov balansini makroiqtisodiy tarptibga solish deganda nimani tushunasiz? 
Bunda qanday vositalardan foydalaniladi? 
9.
To‘lov balansi tahlili makroiqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida qanday 
ma’lumotlar olish imkonini beradi? 


423 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin