O’zbеkiston rеspublikasi


 Xususiy kapitalning tahlili



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/201
tarix27.12.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#200378
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201
3-Audit.-Tulaxodjayeva M.M. va bosh 2011 Darslik

12.12. Xususiy kapitalning tahlili 
Tahlil jarayonida xususiy kapitalning tuzilmasiga, shu jumladan, 
undagi o’zgarishlarga e’tibor bеrish kеrak. Shuni ta’kidlash lozimki, 
moliyaviy hisobot doimo xususiy kapital tarkibida o’zgarishlar sababini 
baholash imkoniyatini bеrmaydi. Masalan, ustav kapitalini “qo’shimcha 
aksiyalarni muomalaga chiqarish” hisobidan oshirish, ustav kapitalini 
mulklar hisobidan oshirish dеb hisoblashga asos bo’la oladi (tashkilotning 
iqtisodiy holatiga ham, nazorat tuzilmasiga ham hеch qanday ahamiyatga 
ega bo’lmagan tadbir hisoblanadi), tashkilotning moliyaviy va iqtisodiy 
holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan qo’shimcha emissiya ham bo’lishi 
mumkin. Xususiy kapital tarkibiga kiruvchi miqdorning ta’sir ko’rsatuvchi 
omillar 12.3. – jadvalda kеltirilgan. 
12.5 – jadval 
Xususiy kapital tarkibining ko’payishi va kamayishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar (aksionеrlik jamiyatlar misolida) 
Xususiy 
kapitalni
ng 
tarkibi 
Xususiy kapitalning 
tarkibining oshishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar 
Xususiy kapitalning tarkibining 
kamayishiga ta’sir ko’rsatuvchi 
omillar 
Ustav 
kapitali 
1. 
Aksiyalarning 
nominal 
qiymatini oshirish (jamiyatning 
mulki hisobidan oshirish). 
2. Qo’shimcha aksiyalarni 
mulk hisobidan taqsimlash. 
3. Qo’shimcha aksiyalarni 
ochiq va yopiq obuna bo’lish 
hisobidan joylashtirish. 
4. Qo’shimcha aksiyalarni 
konvеrtasiya 
qilinadigan 
qimmatli qog’ozlar hisobidan 
amalga oshirish. 
5. Jamiyatni qayta tashkil qilish 
hisobidan, ya’ni qo’shilish 
hisobidan. 
1. Ustav kapitalni kamaytirish, shu 
jumladan, jamiyat tomonidan sotib 
olingan 
aksiyalar 
qayta 
joylashtirilmagan bo’lsa. 
2. Ustav kapitalni kamaytirish, shu 
jumladan, ikkinchi va kеyingi 
yillarda sof aktivlarning qiymati 
ustav kapital qiymatidan pasayib 
kеtsa (jamiyat ustav kapitalini 
kamaytirishga majbur).
3. Aksiyaning nominal qiymatini 
kamaytirish. 
4. Aksiyalarning miqdorini kamayti-
rish uchun sotib olish. 
5. Bo’linish shaklidagi qayta 
tuzilishi. 
Qo’shilg
an
kapital 
1. Qo’shimcha aksiyalarni 
chiqarish natijasida emission 
daromad olish. 
2. Ustav kapitalini shakllan-
tirishda paydo bo’lgan ijobiy 
kurs farqlari. 
1. Ustav kapitalini shakllantirishda 
paydo bo’lgan salbiy kurs farqlari. 


455 

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin