374
To’liq to’ldirilmagan yoki talabga javob bermaydigan hujjatlar
to’lovga qabul qilinmaydi, tegishli tuzatishlar va o’zgartirishlar kiritish
uchun qaytariladi.
Ishbay ish haqi oladigan ishchilarga hisoblanayotgan oy uchun ish
haqi qilingan ishni hisobga olish bo’yicha birlamchi hujjatlarning
ma’lumotlari, to’lov varaqalari va boshqa hujjatlar asosida yoziladi.
Vaqtbay ish haqi oladigan ishchi va хizmatchilarga ish haqi haqiqatda
ishlangan ish vaqti hisobi, ishdan tashqari ishlarga to’langan to’lovlar,
mukofotlar va boshqa to’lovlar natijalari bo’yicha to’lanadi.
Хodimga ma’lum bir davr uchun berilishi kerak bo’lgan ish haqining
tarkibiy qismlari, olingan soliqlar miqdori va asoslanmalari hamda
berilishi kerak bo’lgan to’lovning umumiy miqdori haqidagi ma’lumotlar
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonaning har bir хodimiga, ish haqi
berilayotganda taqdim qilinishi shart.
Dostları ilə paylaş: