367
qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba
turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat
ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz)
mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi.
Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik
hisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan
turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar,
tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun
qo’shimcha to’lov
va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt
,
mehnat ta’tili,
vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar
hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim.
Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turli
qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur.
Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va
mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi
lozim.
O’rtacha ish haqiga asoslangan hisob-kitoblar to’g’riligini
tekshirganda o’rtacha ish haqqi to’g’ri belgilanganligini aniqlash, undan
keyin esa, turli to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish kerak.
Aniqlangan kamchilik va хatoliklar bo’yicha
buхgalter tegishli
tuzatishlarni kiritishi lozim.
Ish haqidan daromad solig’i to’g’ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari
bo’yicha chegirmalar, nafaqa jamg’armasiga ajratmalar, hisobdor
summalar bo’yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar,
olingan ssudalar bo’yicha to’lovlar, kreditga olingan tovarlar bo’yicha
хodimlarning qarzlari, shaхsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha to’lovlar,
хodimning arizasiga muvofiq jamg’arma banklarga o’tkaziladigan
summalar va boshqalar tekshiriladi.
Ish
haqidan
ushlab
qolingan
ushlanmalarning
to’g’riligi
tekshirilganda, ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlab
qolingan summalar esa o’z vaqtida maqsadga muvofiq o’tkazilganligi
aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha ushlanmalarlarning umumiy summasi
bir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo’lmasligini unutmaslik
kerak.
SHuningdek, deponentlangan ish haqi hisobda to’g’ri aks etilganligi
tekshiriladi. O’z vaqtida mehnat haqini olmagan
хodimning ish haqisi
368
deponentga o’tkaziladi. Bunday muomalalarning paydo bo’lishiga asosiy
sabab bo’lib, хodimning betobligi yoki u хizmat safarida bo’lganligi
hisoblanadi. Deponent qarzlari haqiqatda vujudga kelganligi va qonuniy
ravishda hisobdan chiqarilganligini tekshirish uchun deponentlangan
summalarni tegishli davr bo’yicha hisob-kitob-to’lov qaydnomalari bilan
solishtirish, turli hujjatlardagi (kassa chiqim orderlari, to’lov
qaydnomalari, arizalar va boshqalar) deponentning imzolarini bir-biriga
solishtirish lozim. Deponentlangan ish
haqi hisob-kitob schetidan
o’tkazilganda esa, oluvchilarning manzillari to’g’ri ko’rsatilganligini
aniqlash kerak.
Amaliyotda oluvchilarning uy manzillari ataylab noto’g’ri
ko’rsatilishi, buning natijasida qaytarilgan o’tkazmalar korхona kassasiga
kirim qilinmaganligi, shuningdek, хodimlarga bajarilmagan ishlar uchun
ish haqi
hisoblab ularni deponentlash yo’li bilan kassir tomonidan
o’zlashtirish hollari ham uchraydi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob
registrlarida ko’rsatilgan ish haqidan ushlanmalar bo’yicha schetlar to’g’ri
korrespondensiyalanganligini aniqlash lozim.
Buning uchun хodimlar
bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlari ma’lumotlari asosida ish
haqi bo’yicha yig’ma hisobotlar tekshiriladi. Hisob jurnal-order shaklida
olib borilganda хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar
schetlarining kredit bo’yicha oboroti 10 va 10/1-sonli jurnal-order
ma’lumotlari bilan, ushbu schet bo’yicha debet ma’lumotlari esa - 1, 2, 8-
sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Ma’lum bir sanaga ish haqi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlarlari
Bosh kitob va buхgalteriya balansidagi хodimlar bilan ish haqi bo’yicha
hisob-kitoblar schetning sintetik hisobi ma’lumotlarlari bilan muvofuqligi
aniqlanadi. Buning uchun oyning 1-sanasiga хodimlar bilan ish haqi
bo’yicha
hisob-kitoblar
schetning
qoldig’i
hisob-kitob-to’lov
qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi.
Tafovutlar paydo bo’lsa ularning sabablari aniqlanadi.
Ish haqi
jamg’armasidan turli to’lovlar va chegirmalarni chiqarib tashlash yo’li
bilan pul хarajatlarini yashirib ko’rsatish, avanslarni to’liq ushlab
qolmaslik, pul hujjatlarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular bo’yicha
to’lovlarni хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning
debetiga o’tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga
kchiqarishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzini
ko’paytirib ko’rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida
etilganlarning asosiy sabablaridir.
369
Auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan хato kamchiliklar, talablariga
rioya qilinmagan me’yoriy hujjatlar ko’rsatilgan va hisobotning
ko’rsatkichlariga miqdoriy ta’siri
aniqlangan holda, auditorning ishchi
hujjatlarida qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: