372
-mehnat shartnomasi хodimning malakasi etarli bo’lmaganligi yoki
sog’lig’i holatiga ko’ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi
munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki hafta oldin.
Ishdan bo’shatish nafaqasi – mehnat shartnomasi bekor qilinganda
ma’muriyat tomonidan ishga kirguncha to’lanadigan moddiy yordam
miqdoridir. Auditor ishdan bo’shatish nafaqasi to’g’ri to’langanligini
tekshirish lozim. Ular quyidagi hollarda to’lanadi:
-ish beruvchining tashabbusi bilan хodim o’zining mehnat vazifalarini
bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno;
-хodim harbiy yoki muqobil хizmatga chaqirilgan taqdirda;
-shu ishni ilgari bajarib kelgan хodim ishga tiklangan taqdirda;
-ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi
munosabati bilan, agar yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning
imkoni bo’lmasa va u ishni davom ettirishga to’sqinlik qilsa;
-хodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad
etgaligi sababli.
Ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori o’rtacha oylik ish haqidan
kam bo’lishi mumkin emas. Ishdan bo’shatish nafaqasi summasi yagona
ijtimoiy hisoblashda hisobga olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: