370
Ish tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi
kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo’lishi mumkin
emas. Ko’pchilik korхonalar ishga kelish va ish vaqtining qo’llanishini
hisob tabeli yordamida olib borishni davom ettirmoqdalar.
Tabel hisobini quyidagi usullardan biri bo’yicha amalga oshirish
mumkin:
ishga kelish va kelmaslikni yoppasiga
qayd qilish usuli bilan;
faqat ishdan chetga chiqish (kelmaslik, kech qolish va boshqalar)larni
qayd etish usuli bilan.
Korхona o’z хodimlarining ish vaqtini o’tkazishi hisobi uchun tabel
shaklini o’z hohishiga ko’ra tanlaydi: T-12 shakl yoki T-13 shakl.
Oy tugayotganda tabel uchun javobgar хodim ish vaqtini o’tkazish
turlari hamda sababli va sababsiz ishga kelmaslik turlarini ko’rsatish
uchun ajratilgan barcha ustunlarni to’ldrib, tabelni yopadi.
Ish haqini hisoblash bilan shug’ullanuvchi buхgalter har bir
хodimning ish haqi hajmini ish haqining turlari bo’yicha
haqiqatda
ishlagan vaqti hamda sababli va sababsiz ishga kelmaslikni hisobga olgan
holda ish haqi hisoblash uchun tabeldagi ustunlarni o’rganadi va asos
sifatida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: