O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44492
  1   2   3   4   5
408 31.05.2018




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Oldingi tahrirga qarang.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son hamda “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



Oldingi tahrirga qarang.

1. Quyidagilar:



Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat ta’lim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 21-ilovaga muvofiq;

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari 4-ilovaga muvofiq;

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

3. 2018-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 31-may,

408-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi



nizom

(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

1-bob. Umumiy qoidalar



Oldingi tahrirga qarang.

1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

2-bob. Litsenziya talablari va shartlari

Oldingi tahrirga qarang.

4. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan umumiy litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishiga va xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, o‘qitishning innovatsion shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim sohasida faoliyat samaradorligi va natijadorligini oshirish;

ta’lim jarayonini avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga, o‘quv rejalariga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etish;

litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ortiq auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;

har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;

Oldingi tahrirga qarang.

o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali, ularning kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish hamda yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, ta’lim sifatini baholab borish tizimlarining mavjudligi hamda ushbu tizimlarning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) bilan integratsiya qilinganligi;



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;

ta’lim jarayonining belgilangan darajadagi natijadorligiga erishish uchun ta’lim jarayonining ishtirokchilarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlash;

har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlash;

har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi.

5. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligi asoslari bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan va shu talablarga qat’iy mos ravishda jihozlash;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishi sifatini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo‘lishi;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar tarkibining mavjud bo‘lishi;

bitiruvchilarga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat berish.

6. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlash;

avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlash;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjud bo‘lishi;

litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi;

litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda jihozlangan o‘quv avtodromi yoki yopiq maydonning mavjudligi;

bitiruvchilarga o‘quv kurslarini tugatgani to‘g‘risida belgilangan tartibda guvohnomalar berish.

Oldingi tahrirga qarang.

61. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:



haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni hamda DYHXX mas’ul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;

haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining shakllantirilganligi;

nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 72 m2 bo‘lgan, alohida kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan) shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining toifa(lar) yo‘nalishi bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 10000 m2 yer maydoniga ega bo‘lgan, avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mavjudligi, ularning mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan talablarga muvofiqligi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;

imtihonlarni o‘tkazish tizimlari unumdorligining xizmat ko‘rsatish hududi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon topshiruvchilar soniga muvofiqligi;

imtihonlar jarayonini vakolatli davlat organlari tomonidan onlayn rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;

o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan o‘quv muassasalari reytingini yuritish va e’lon qilish mexanizmining yaratilganligi;

mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona boshqaruv markaziga integratsiya qilinishi, boshqarilishi va nazorat qilinishi;

tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, o‘tkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa ma’muriy tartib-taomillar) DYHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan holda tasdiqlanganligi (DYHXX kelishish jarayonida avvalgi rad etish sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilishi taqiqlanadi).

(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

7. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzillari, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi;

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;

o‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat;

butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan ta’minlanganligi haqidagi hujjat;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan ta’minlanganligi haqidagi hujjat;

o‘qituvchi va amaliy boshqaruv instruktorlari haqida ma’lumot;

o‘quv rejasi va dasturlarining elektron shaklda;

Oldingi tahrirga qarang.

haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);



nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha toifalari bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);

avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli organning ekspertiza xulosasi nusxasi (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

litsenziya da’vogari tomonidan arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilgani uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.

8. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

4-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

9. Litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

Oldingi tahrirga qarang.

11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;



(9-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Litsenziya da’vogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

Oldingi tahrirga qarang.

10. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda, mas’ul xodim litsenziya berish uchun ariza va boshqa zarur hujjatlarni ro‘yxat asosida qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi litsenziya da’vogarining arizasini zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza qabul qilingan kuni yuboradi.

Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya da’vogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan litsenziya da’vogarining elektron manziliga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ariza qabul qilgandan so‘ng 9 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (uning hududiy bo‘limlari) Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy bo‘linmalaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda litsenziya da’vogarining davlat talablarida nazarda tutilgan moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazaga ega ekanligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonini tashkil etadi.



(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)

Ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziya rasmiylashtiriladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji to‘langandan keyin Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya da’vogariga yuboriladi.

Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 1 ish kuni mobaynida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 9 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.

11. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan va bekor qilingan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.

12. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar bo‘yicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya da’vogari litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

13. Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

5-bob. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tartibi

14. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

15. Litsenziat ta’lim faoliyatini olib borish manzili o‘zgarsa, qo‘shimcha manzilda faoliyat olib borsa, qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqchi bo‘lsa, qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.

16. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

17. Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.



Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Yig‘im summasi ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqsimlanadi.

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

19. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida, litsenziyalovchi organga litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi

20. Litsenziya da’vogarining nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish maqsadida litsenziya olish uchun ariza topshirgani litsenziya shartlari va talablariga rioya etishiga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.

21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, ta’limni boshqarish tizimi organlari va boshqa vakolatli organlar litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

DYHXX avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida davriy ravishda o‘quv hamda nazariy va amaliy imtihonlar jarayonining monitoringini olib boradi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi.



(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

22. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan buzilishlarini aniq ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) rasmiylashtirish;

litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, litsenziatlarni attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;

qonun buzilishining qo‘pol holatlari aniqlanganda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish.

Oldingi tahrirga qarang.

23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash uchun qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish DYHXXning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshiriladi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

24. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida qoladi.

7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish tartibi

25. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

26. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi

27. Litsenziyalovchi organ ta’lim turlari bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:

litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, telefon, faks;

nodavlat ta’lim faoliyatining turi, litsenziyalanayotgan ta’lim yo‘nalishi, faoliyat amalga oshiriladigan manzil, xizmat telefoni, faks;

litsenziyaning berilgan sana va tartib raqami;

Oldingi tahrirga qarang.

litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;



(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi;

litsenziyani bekor qilishning asosi va sanasi.

28. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.

9-bob. Davlat bojini undirish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.



Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan davlat bojining 90 foizi undiriladi.

(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

30. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:



a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

20 foizi axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;

davlat boji summasining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi;

b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;

Oldingi tahrirga qarang.

11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;



(30-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

Oldingi tahrirga qarang.

28,125 foizi axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;



(30-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)

davlat boji summasining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

10-bob. Yakunlovchi qoida

31. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash



sxemasi

(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)



Oldingi tahrirga qarang.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar

I. Avtomatlashtirilgan avtodromga qo‘yiladigan talablar



1. Avtomatlashtirilgan avtodrom quyidagi asosiy elementlardan iborat bo‘lishi kerak:

haydovchilikka nomzodning avtotransport vositasini amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini avtomatlashtirilgan holda sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlangan, umumiy foydalanishdagi yo‘llardan ajratilgan yopiq hududdagi maxsus maydoncha;

dispetcherlik (nazorat) punkti;

maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘zaro bog‘lovchi markaziy dasturiy majmua;

haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov mashqlari natijalarini inson omilisiz baholash uchun avtomatlashtirilgan nazorat tizimi.

2. Avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasining loyiha parametrlari va elementlari vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Bunda avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasida:

a) “A” toifasi uchun “Harakatni boshlash (start)”, “Ilon izi”, “Tor yo‘lak”, “Tezlashish-sekinlashish”, “Gabaritli yarim aylana”, “Gabaritli koridor”, “Past tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish);

b) “B”, “C”, “D” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Piyodalar o‘tish joyi”, “To‘xtash va tik balandlikka ko‘tarilish (estakada)”, “90 gradus burchak ostida burilishlar”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”, “Harakat tartibga solingan chorraha”, “Ilon izi”, “Orqaga harakatlanib parallel to‘xtash (parkovka)”, “Temir yo‘l kesishmasi” (tartibga solinmagan), “Tezlashish bo‘lagi”, “Avariya holatda to‘xtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;

v) “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Orqa bortni platformaga qo‘yish”, “Platformadan yo‘lga chiqish”, “Gabaritli koridorda orqa tomonga to‘g‘ri chiziqda harakatlanish”, “Harakatni yakunlash (Finish)” elementlarining mavjudligi majburiydir.

3. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi orqali nazorat qilinadigan sinov mashqlarining joylari va elementlarini belgilash uchun maxsus yo‘l chiziqlaridan foydalanilishi mumkin.

4. Avtomatlashtirilgan avtodrom undagi yo‘l-ko‘cha tarmog‘i elementlarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi elementi sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun qo‘shimcha ravishda sezgir datchiklar (uzatgichlar), elektr ta’minoti va aloqa liniyalariga ega bo‘lishi kerak.

5. Datchiklar (uzatgichlar) statsionar o‘rnatilgan bo‘lishi, mexanik yoki ob-havo omillari ta’sirida o‘z joyini yoki texnik xususiyatini o‘zgartirmasligi va transport vositalari harakatiga xalaqit bermasligi kerak.

6. Dispetcherlik (nazorat) punktining joylashuvi avtomatlashtirilgan avtodromdagi vaziyatni bevosita kuzatish imkonini berishi lozim.

7. Dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

8. Dispetcherlik (nazorat) punktining elektr ta’minoti uskunalari himoyalangan va barqaror ishlashini ta’minlovchi tizim bilan jihozlanadi.

9. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

haydovchilikka nomzodning amaliy boshqarish ko‘nikmalarini inson omilisiz baholash;

o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish;

o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalanish;

imtihon jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatini cheklash;

o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga avtomatik tarzda uzatish uchun integratsiyalash;

avtomatlashtirilgan avtodrom va uning tarkibiy tizimlarining sozligini avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilish, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi ma’lumot (axborot, ishora)ni avtodrom dispetcherlik punktidagi monitorga chiqarish, amaliy imtihonlarni nosozlik bartaraf etilgunga qadar to‘xtatish, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalarini bekor qilish.

10. Avtomatlashtirilgan avtodromda o‘tkaziladigan amaliy imtihonlar jarayonida avtomototransport vositalarining harakatlanish sxemasi (sinov mashqlarining bajarilish ketma-ketligi) haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektining veb-saytida (mavjud bo‘lsa) va bevosita obyekt hududidagi axborot stendlarida joylashtiriladi.

II. Amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun foydalaniladigan avtomototransport vositalariga qo‘yiladigan talablar

11. Avtomatlashtirilgan avtodromda amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun yetarli miqdorda “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifadagi maxsus transport vositalari mavjud bo‘lishi kerak.

12. Amaliy imtihonlar:

“A” toifa uchun — ikki g‘ildirakli mototsikllarda;

“B” toifa uchun ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan oshmaydigan hamda haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, uzunligi 3,8 m dan, kengligi 1,6 m dan, g‘ildiraklar bazasi 2,2 m dan, burilish radiusi 4,2 m dan kam bo‘lmagan avtomobillarda;

“C” toifa uchun — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan, uzunligi 6,0 m dan, kengligi 2,0 m dan, g‘ildiraklar bazasi 3,3 m dan va minimal burilish radiusi 5,8 m dan kam bo‘lmagan yuk avtomobillarida;

“D” toifa uchun — o‘rindiqlar soni yoki yo‘lovchilar sig‘imi 28 tadan, uzunligi 6,9 m dan, kengligi 2,0 m dan, g‘ildiraklar bazasi 3,5 m dan, minimal burilish radiusi 7,8 m kam bo‘lmagan avtobuslarda;

“BE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “B” toifadagi avtotransport vositalarida;

“CE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “C” toifadagi avtotransport vositalarida;

“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “D” toifadagi avtotransport vositalari yoki bo‘g‘imli avtobuslarda o‘tkaziladi.

13. Nogironligi bo‘lgan shaxslardan amaliy imtihonlarni qabul qilish tibbiy jihatdan tegishli toifadagi transport vositalarini cheklovlar bilan boshqarishga ruxsat berilganlar uchun maxsus jihozlanishi mazkur tibbiy talablarga javob beradigan tegishli toifadagi transport vositalarida amalga oshiriladi.

14. Amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalari:

a) Yo‘l harakati qoidalari talablari asosida taniqli belgilar hamda qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanadi;

b) avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining tarkibiy elementi sifatida qo‘llanilishini ta’minlaydigan quyidagi uskunalar bilan jihozlanadi:

axborotlarni qabul qilish-uzatish tizimlari;

yorug‘lik va/yoki ovozli avariya to‘xtash ishorasi datchiklari;

haydovchilikka nomzod tomonidan bajariladigan sinov mashqlarini qayd etish vositalari;

har bir mashqning hamda imtihonning yakuniy natijasi bo‘yicha axborot beruvchi displey.

15. Amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalarining konstruksiyalariga qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq o‘zgartirishlarning kiritilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

16. Amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositasining saloni imtihon olish jarayonida 360 gradus ko‘rinishda uzluksiz ishlaydigan, ma’lumotlarni dispetcherlik (nazorat) punktiga uzatib turadigan va saqlash imkonini beradigan videokuzatuv tizimi moslamasi bilan jihozlanadi.

III. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga qo‘yiladigan talablar

17. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi o‘rinlarda — AIT) kompyuter jamlanmasi (klaviatura va monitor), markaziy boshqaruv pulti (keyingi o‘rinlarda — MBP), maxsus uskunalar va integratsiyalashgan dasturiy ta’minotdan iborat.

18. AIT quyidagi funksional talablarga javob berishi kerak:

haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;

haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining shakllantirilganligi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, nazariy va amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, imtihon natijalarini inson omilisiz baholash, o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;

imtihonlar jarayonini DYHXX organlari tomonidan onlayn rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda DYHXX organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi;

amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari dasturi natijalarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi bilan integratsiya qilinganligi;

onlayn to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinganligi;

o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarning himoyalanganligi;

imtihonlar jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi;

o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash, ularning tahlillariga ko‘ra o‘quv muassasalari reytingini yuritish mexanizmining yaratilganligi;

mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona boshqaruv markazi tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi.

19. AIT murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida talabgorlarga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


2-ILOVA

Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) va uning hududiy bo‘linmalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizomning avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazishga taalluqli normalari faqat ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mavjud bo‘lmagan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar)da amal qiladi.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

2. Barcha avtomototransport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga ko‘ra “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli pozitsiyasida shu toifali transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sana va muddati ko‘rsatiladi.

3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” pozitsiyasining tegishli grafalarida ruxsat beruvchi belgi (sana va muddat ko‘rsatilgan) bo‘lgan shaxslar quyidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega:

“A” — mototsikllar va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari;

“B” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan oshmaydigan yoki haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qo‘l bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan lekin “B” toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq bo‘lmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan tirkamali “B” toifadagi avtotransport vositalari;

“C” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “C” toifadagi avtotransport vositalari;

“D” — yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “D” toifadagi avtotransport vositalari;

“BE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari;

“CE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “C” toifadagi avtotransport vositalari;

“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “D” toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar.

Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.

2-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotlarini ro‘yxatga olish tartibi

4. Davlat ta’lim muassasalari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi) xulosasini oladi. Davlat ta’lim muassasalari YHXBBga yuqori turuvchi davlat idorasi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida, tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi davlat ta’lim muassasasining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.



5. Tekshiruv komissiyasi tarkibiga hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi), hokimliklar qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, Kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari vakillari kiradi.

(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)

Komissiya ishiga haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi mutaxassislar, shu jumladan davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi), shuningdek, tasarrufida davlat ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari jalb etilishi mumkin.

6. Komissiya davlat ta’lim muassasasining quyidagi talablarga javob berishini o‘rganib chiqadi:

har biri 40 m2 dan kichik bo‘lmagan maydonga ega va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ortiq auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;

har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kichik bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuterlar, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;

ta’lim oluvchilarning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;

o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan o‘qitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilganligi;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo‘lishi;

ta’lim dasturlarini belgilangan darajadagi sifat va natijaviylik bilan amalga oshirish uchun zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlanganligi;

har bir o‘qituvchining o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlanganligi;

har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;

o‘quv auditoriyasining yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligi asoslari bo‘yicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlanganligi;

avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv auditoriyasining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida jihozlanganligi;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘qituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjudligi;

o‘quv jarayoniga jalb etilgan muhandis-pedagoglar va instruktorlarning ma’lumoti va maxsus bilimlari darajasining mavjudligi, shuningdek, o‘quv xonalarining haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha darslarni o‘tkazishga tayyorligi;

belgilangan tartibda qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi;

belgilangan tartibda jihozlangan o‘quv avtodromi yoki yopiq maydonning mavjudligi;

o‘quv tashkilotining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tkazish uchun yetarli darajada yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanganligi;

bitiruvchilarga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat hamda haydovchilarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash kurslarini tugatgani to‘g‘risida guvohnoma berilishi.

O‘quv tashkilotining unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Davlat budjeti hisobidan ta’minlangan o‘quv xonalari, o‘quv-mashq avtomobillari va o‘quv dasturlarini nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ijaraga va (yoki) subijaraga berish taqiqlanadi.

7. Davlat ta’lim muassasasi mazkur Nizomning 6-bandi talablariga muvofiqligi tekshiruv komissiyasi (5-bandda ko‘rsatilgan) tomonidan o‘rganib chiqib, yakunlari bo‘yicha uch nusxada dalolatnoma tuzadi.

Dalolatnoma hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanib, xulosa tayyorlash uchun YHXBBga yuboriladi, bir nusxasi hududiy YHXBda va bir nusxasi davlat ta’lim muassasasining o‘zida saqlanadi.

8. Komissiya tomonidan taqdim etilgan dalolatnoma YHXBB tomonidan o‘rganib chiqilib, natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi va ijro uchun hududiy YHXBlarga tegishli ko‘rsatma beradi.

Davlat ta’lim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qo‘yish ta’lim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) to‘g‘risida ma’lumot, mahalliy davlat organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.

Davlat ta’lim muassasalarini hisobga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hududiy YHXBda saqlanadi.

9. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsning o‘quv guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya asosida YHXBB ko‘rsatmasiga asosan hududiy YHXBlar tomonidan ro‘yxatga olinadi.

O‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha hududiy YHXBga sertifikat olgan tinglovchilar, berilgan sana va sertifikat raqamini ko‘rsatilgan holda ro‘yxati taqdim etiladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsning o‘quv guruhlarini hududiy YHXBlarda ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar o‘quv tashkilotining nomi, manzili, qaysi toifa(lar)dagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash huquqi berilganligi ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.

Barcha o‘quv tashkilotlari guruhlarini ro‘yxatga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.

10. O‘quv tashkilotlarining rahbarlari hududiy YHXB bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarida o‘qishning boshlanishi va tugashi muddatlari kelishilgandan so‘ng, belgilangan tartibda guruh ro‘yxatini hududiy YHXB kotibiyatida 10 kun muddat ichida ularni ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Taqdim etilayotgan o‘quv guruhi ma’lumotlari varaqning oldi tomonida qayd etilib, shu varaqning orqa tomonida o‘qitiladigan o‘quvchilar ro‘yxati qayd etiladi.

11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlaridagi nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi lozim.

12. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarining ro‘yxati mashg‘ulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXBga taqdim etiladi. O‘quv guruhining ro‘yxati hududiy YHXBning ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) tomonidan o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi.

13. Hududiy YHXBda belgilangan tartibda hisobga olingan barcha o‘quv tashkilotlarining o‘quv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marotaba atroflicha, har bir o‘quv guruhlarining o‘quv jarayoni esa har oyda kamida bir marotaba hududiy YHXBlar tomonidan o‘rganib boriladi. O‘rganish natijalari yuzasidan dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan Davlat ta’lim muassasasining yuqori turuvchi tashkilotiga taqdimnoma yuboriladi.

14. O‘quv tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu o‘quv tashkilotlarining yangi o‘quv guruhlarini hududiy YHXBning RvaIOBlarida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.

Yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatmadagi kamchiliklar o‘quv tashkilotlari tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi.

15. Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatida litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etmaslik holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tegishli hududiy YHXBlar tomonidan xabardor qilinadi.

16. Hududiy YHXBning RvaIOBlarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari bo‘yicha nazorat-kuzatuv yig‘majildi yuritiladi. Unga o‘quv tashkilotiga avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa, o‘quv avtomototransport vositalarining ro‘yxati, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar xaritasining nusxasi va boshqa ma’lumotlar tikib boriladi.

3-bob. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalarida imtihonlarga qo‘yish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi

17. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishni istagan shaxslar maxsus ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq ta’lim olishlari shart.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat’i nazar, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar xizmat joylaridagi hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi.



(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

181. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyat ko‘rsatuvchi hududlarda imtihonlar faqat tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladi.



Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni o‘tkazish Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

19. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, o‘quv tashkilotlari imtihon olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, imtihonlar qabul qilish joyi yoki muddati hududiy YHXB rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

20. “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalari hududiy YHXBning RvaIOBlarida nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.

Tramvay va trolleybus haydovchiligiga o‘qiyotgan shaxslardan amaliy imtihonlar olishda hududiy YHXBning RvaIOBlari xodimi qatnashishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Tramvay yoki trolleybusni boshqarish huquqini olish uchun o‘qish istagida bo‘lgan, ammo doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan hududida bunday o‘quv tashkiloti mavjud bo‘lmagan hamda boshqa hududda joylashgan o‘quv tashkilotida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan holda shahar elektr transportini boshqarish huquqini olish uchun ta’lim olgan shaxslarga tegishli toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda o‘quv tashkiloti joylashgan hududiy YHXBning RvaIOB xodimi ishtirokida rasmiylashtirilgan amaliy imtihon natijalari asos qilib olinadi.



(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)

21. “B” va (yoki) “D” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “C” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda, “B” va (yoki) “C” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. “BE”, “CE” va “DE” toifalardagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihonlar topshiriladi.

Shaxs, agar avtotransport vositasini kamida uch yil mobaynida boshqargan bo‘lsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qo‘yiladi.

22. Amaliy imtihonlarda qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan bo‘lsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha malakasi tekshiriladi.

23. Amaliy imtihonlar o‘quv tashkiloti tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi boshqarishni o‘rgatish avtomototransport vositasida olinadi. Bunda “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 16 tadan ortiq bo‘lgan boshqarishni o‘rgatish avtobusida o‘tkaziladi.

Amaliy imtihon olinadigan transport vositalarining texnik holati hududiy YHXBning imtihon oluvchi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.

24. Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarni to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha tugatgan shaxslarga “B” yoki “B” va “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

25. O‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 16 yoshga; “B” va (yoki) “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini, tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 21 yoshga to‘lgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.

(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Ushbu Nizomning 54-bandida ko‘rsatilgan holat bundan mustasno.

26. Maxsus tovushli va yorug‘lik ishoralari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shahar, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarida haydovchi bo‘lib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Tijorat asosida yo‘lovchilarga avtotransport xizmati ko‘rsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat avtotransport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan shaxslarga beriladi. Haydovchilik faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan ko‘chirma, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos bo‘ladi.

27. “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 t dan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

28. “BE”, “CE” va “DE” toifalaridagi avtotransport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi o‘n ikki oy mobaynida tegishli toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.

(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

“DE” toifasidagi avtotransport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilardan amaliy imtihonlar bo‘g‘imli avtobuslarda olinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

29. “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi kamida uch yil mobaynida “B” yoki “C” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan, o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.



(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

30. Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha avtotransport xizmatlari ko‘rsatadigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari to‘rttadan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan, biroq “D” toifasiga tegishli bo‘lmagan yengil avtomobillarni boshqarishga kamida besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarini boshqargan haydovchilarga ruxsat etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

31. Har qanday avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslar, o‘n ikki oydan ko‘p vaqt avtomototransport vositasini boshqarmagan bo‘lsalar, ish beruvchi tomonidan ular nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganidan keyin, ularga avtomototransport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.



(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

32. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari o‘n ikki oydan ko‘p vaqt shu toifadagi transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan bo‘lsalar, hududiy YHXBning RvaIOBlarida nazariy imtihonlar, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihonlar olingandan so‘ng, belgilangan yo‘nalishlarda 70 — 140 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.

33. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yo‘nalishlarda (“D” toifadagi avtotransport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 224 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.

34. Barcha avtomototransport vositalarining haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.

35. Agar DYHXX organlari yoki avtotransport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.

36. Agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.

Haydovchini tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tkazish haqidagi qaror hududiy YHXB bo‘linmalarining boshlig‘i yoki guruhlarining katta inspektori, ular bo‘lmaganda esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.

37. Haydovchilarni avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Avtomototransport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, milliy haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish uchun, mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, ma’muriy jazo muddati nihoyasiga yetgach, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha malaka oshirishlari shart.

Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq boshqarish huquqidan mahrum qilingan biror toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘yicha, “D” toifasi mavjud bo‘lgan holatlarda “D” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihonlar olinadi.

38. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.

4-bob. Imtihonlarni o‘tkazish, milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

39. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifadagi avtomototransport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalarni berish hududiy YHXBning RvaIOBlari tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Oldingi tahrirga qarang.

40. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy (tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini berishdan tashqari) imtihonlarni hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihon olish komissiyalari qabul qiladi. Mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

41. Hududiy YHXBning RvaIOBda imtihon olish komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Imtihon olish komissiyasi tarkibiga:

hududiy YHXBning RvaIOB boshlig‘i (komissiya raisi);

hududiy YHXBning RvaIOB inspektori, o‘quv tashkilotlarining (imtihon topshirayotgan o‘quv guruhi o‘qituvchisi, shuningdek, o‘quv tashkilotidan bir nafardan ortiq o‘qituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.

42. Imtihonlar DYHXX bo‘linmalarining lavozim yo‘riqnomalarida imtihonlarni qabul qilish xizmat vazifasiga kiritilgan, vakolatli mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilinadi. Imtihon oluvchining lavozim yo‘riqnomasi va unga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

43. O‘quv guruhidagi mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, o‘quv tashkilotida o‘tkazilgan bitiruv imtihonlarining bayonnomasi va nomzodga berilgan yagona namunadagi guvohnoma hududiy YHXBning RvaIOB xodimi tomonidan tekshiriladi va oldin taqdim etilgan ro‘yxatdagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi, shundan keyin nomzodning imtihon varaqasi o‘sha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.

44. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlar hududiy YHXBning RvaIOBlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

a) tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi yagona namunadagi guvohnomani (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);

b) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarning to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);

v) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;

g) milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi (to‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);

d) o‘quv tashkiloti tomonidan to‘ldirilib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari) va fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.

45. Imtihonlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi: avval — nazariy, keyin — amaliy.

Nazariy imtihonlarni topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qo‘yilmaydi.

46. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tugagandan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihonlardan so‘ng kamida yetti kun o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.

Nazariy imtihonlarda imtihon topshiruvchining yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari tekshiriladi. Nazariy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon savollari orqali qabul qilinadi.

Amaliy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Amaliy boshqaruv imtihonlarini qabul qilish metodikasi” asosida qabul qilinadi.

Eshitish qobiliyati cheklangan haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra imtihonlarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtirok etishi mumkin.

47. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonlarga yuboriladi.

48. Nazariy va amaliy imtihonlar natijalari haydovchining imtihon varaqasiga kiritiladi hamda imtihon olish komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

49. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma yoki tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan berilgan maxsus sertifikat asosida milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.



(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

50. Milliy haydovchilik guvohnomasi berilishining asosliligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligi imtihon olish komissiyasining raisi tomonidan tekshiriladi.

Milliy haydovchilik guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi shaxsning o‘quv tashkilotida o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi yagona namunadagi guvohnomasiga kiritiladi, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.

51. Milliy haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishiga ruxsat berilgan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyaning (9-grafa) bloklarida ushbu toifadagi transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sanasi (10-grafa) va muddati (11-grafa) ko‘rsatiladi, boshqarilishiga ruxsat berilmagan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyasidagi bloklar bo‘sh qoldiriladi.

52. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” joyida transport vositalarining tegishli toifasi ko‘rsatilgan yozuv (tegishli ravishda “TRAMVAY” yoki “TROLLEYBUS”) kiritiladi.

53. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” joyida “Tibbiy ma`lumotnoma majburiy” degan yozuv kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

54. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilariga va Mudofaa vazirligi tomonidan avtomototransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilarga o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalar-da, imtihonlarni topshirishlariga ruxsat beriladi.

(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)

Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, tegishli toifadagi (“B” va (yoki) “C”) avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Bunda “Alohida belgilar uchun” joyida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga to‘lganidan keyin) avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

55. Milliy haydovchilik guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatib, milliy haydovchilik guvohnomasi beriladigan kitobga shaxsan imzo qo‘yadi.

Milliy haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.

56. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini o‘tayotgan, lekin avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (milliy haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) hududiy YHXBning RvaIOB tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.

5-bob. Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yo‘qolgani o‘rniga yangisini berish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

57. Milliy haydovchilik guvohnomasi egasining belgilangan tartibdagi arizasi, uning oldingi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun — uning taloni ham) hamda egasining fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan so‘ng almashtiriladi.



(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

58. Avtomototransport vositalarini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqargan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(581-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

59. Quyidagilar avtomototransport vositalarini o‘n ikki oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:

a) ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan ko‘chirma);

b) shaxsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun ularga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;

v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaxslar uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi;

Oldingi tahrirga qarang.

g) transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.



(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

60. Avtomototransport vositasini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.

Bunda bir necha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi berilgan bo‘lsa, imtihon olish komissiyasining qaroriga ko‘ra “B” yoki “C” toifadagi avtotransport vositasida, “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi berilgan bo‘lsa, faqat “D” toifadagi avtotransport vositasida amaliy imtihonlar olinadi.

61. “C”, “B” va “C”, “D”, “C” va “D”, “CE” va (yoki) “DE” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lgan va oxirgi o‘n ikki oy mobaynida avtotransport vositasini boshqarmagan, qo‘shimcha “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda milliy haydovchilik guvohnomasida boshqarish huquqi berilgan toifalardan bittasi bo‘yicha (“D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha), shuningdek so‘ralayotgan “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon olish komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.

62. Bir necha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirishda o‘z xohishiga ko‘ra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini qoldirishi mumkin.

Bunda amaliy imtihon o‘z xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra ruxsat etilgan) toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha olinadi va berilayotgan milliy haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qo‘yiladi. Haydovchining boshqarish huquqiga avval ega bo‘lgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 57 — 61-bandlari talablariga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.

63. Yaroqsiz holga kelgan milliy haydovchilik guvohnomasi ushbu Nizomning 57 — 62-bandlariga muvofiq almashtiriladi.

64. Milliy haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan milliy haydovchilik guvohnomasining “Alohida belgilar uchun” joyida birinchi marotaba olgan eski haydovchilik guvohnomasining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi yozib qo‘yiladi.

65. Tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi va haydovchining imtihon varaqasi barcha ma’lumotlar bilan to‘ldirilganidan so‘ng yangi milliy haydovchilik guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.

66. Yo‘qolgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasi dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tegishli toifalardagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma, imtihon varaqasi mavjud bo‘lmagan hollarda hududiy YHXBning RvaIOBlarining tasdiqnomasi asosida beriladi.

67. Milliy haydovchilik guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddatga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olingunga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.

68. Istisno tariqasida, hududiy YHXB boshlig‘ining ruxsati bilan, yashash joyi o‘zgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga ko‘ra O‘zbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarining dublikatlari, hududiy YHXBning RvaIOBlari ma’lumotlar bazasidan tekshirilgandan so‘ng, mazkur Nizomning 67-bandida ko‘rsatilgan muddatdan oldin berilishi ham mumkin.

69. Yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasidan tekshirilganidan so‘ng beriladi.

O‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga ko‘ra yo‘qolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.

70. Milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida kitobda qayd etiladi va milliy haydovchilik guvohnomasi dublikati berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos bo‘lgan hujjatlarga tikiladi.

71. Milliy haydovchilik guvohnomasi o‘rniga milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati berilganidan keyin, yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasi topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlariga topshiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

72. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.

73. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq bo‘lgan “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “BE” va “CE” toifaga almashtirish haydovchining mehnat daftarchasidan ko‘chirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan so‘ng amalga oshiriladi.

74. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

75. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali YHXBBga murojaat qilish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.

Tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi.

76. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.

6-bob. Haydovchilik guvohnomalari va boshqa blankalarni tayyorlash, ular bilan ta’minlash va hujjatlarni saqlash (hisobini yuritish) tartibi

77. Milliy haydovchilik guvohnomalari blankalari plastik shaklda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga muvofiq YHXBB buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 1,5 yillik doimiy zaxira bo‘lishini inobatga olib beriladi.

78. Milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik shakldagi kartochkalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.

79. Milliy haydovchilik guvohnomalari hamda qat’iy hisobot blankalarining kirim va chiqimlari hisobot kitobida qayd etiladi.

80. Milliy haydovchilik guvohnomalarining to‘ldirilmagan plastik kartalari qat’iy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.

81. To‘ldirish (yoki chop etish) jarayonida buzilgan milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik kartalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib belgilangan tartibda YHXBBga topshiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

82. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yo‘qolgani o‘rniga dublikati berilgandan so‘ng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning milliy haydovchilik guvohnomalari va eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarining talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

83. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish tartibi uchun ko‘zda tutilgan blankalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.

84. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi, to‘lov qog‘ozlari va boshqalar) hamda o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilarning ro‘yxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.

Milliy haydovchilik guvohnomasining o‘rniga yangisi berilganda eski milliy haydovchilik guvohnomasi boshqa asos bo‘luvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.

Imtihon olish komissiyasi bayonnomalari — o‘n yil, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — oltmish yil hududiy YHXBning RvaIOBlarida belgilangan tartibda saqlanadi.

Avtomotoransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ish yuritish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


21-ILOVA

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar (keyingi o‘rinlarda — imtihonlar) o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan ko‘rsatilishi tartibini belgilaydi.

2. Imtihonlarni o‘tkazish ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

3. Tadbirkorlik subyektlarida “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifali transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlar o‘tkaziladi.

4. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi

5. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini olish istagida bo‘lgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi shaxs) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat (keyingi o‘rinlarda — ariza) qiladi.

6. Ariza beruvchi shaxs “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishi va quyidagi hujjatlarni qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etishi kerak:

a) ariza (shakli tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilanadi va u axborot stendida yoki veb saytda joylashtiriladi);

b) fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi (shaxsini tasdiqlovchi) boshqa rasmiy hujjat nusxasi;

v) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma nusxasi;

g) tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqida yagona namunadagi guvohnoma nusxasi (ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);

d) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarning to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari (ushbu bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);

e) haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar haydovchilik guvohnomasini almashtirish, qo‘shimcha toifa olish va mavjud toifa bo‘yicha malakasini tasdiqlash uchun imtihondan o‘tkazilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga haydovchilik guvohnomasi nusxasi;

j) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladigan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga vakolatli ichki ishlar organining imtihonga yo‘llanmasi nusxasi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza beruvchi shaxs “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishiga doir talabdan chetga chiqilishi mumkin.

7. Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida (ish kuni bo‘lmagan kunlar bundan mustasno) tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti, shartlari va to‘lov miqdori to‘g‘risida elektron xabar yuboriladi.

8. Ariza beruvchi shaxs tomonidan imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lovning amalga oshirilishi uning davlat xizmatlarini ko‘rsatish shartlariga roziligini ifodalaydi. To‘lov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi.

9. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga o‘zgartirish kiritish (faqat boshqa kunga kechiktirish) ariza beruvchi shaxs tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektining veb saytida amalga oshirilishi mumkin. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga 24 soatdan kam vaqt qolgan holatlar bundan mustasno.

10. Fors-major holatlarda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining kechiktirilishi haqida ariza beruvchi shaxsga 24 soat ichida elektron xabar beriladi.

Fors-major holatlar bartaraf etilgandan so‘ng ariza beruvchi shaxsga imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqt to‘g‘risida ikki ish kuni ichida elektron xabar beriladi.

11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish rad etilganida ariza beruvchi shaxsga rad etish sabablari asoslangan va qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda elektron xabar beriladi.

3-bob. Imtihonlarni o‘tkazish tartibi

12. Tadbirkorlik subyektining veb sayti orqali murojaat etgan va davlat xizmatini ko‘rsatish shartlari asosida belgilangan to‘lovni amalga oshirgan ariza beruvchilar (keyingi o‘rinlarda — haydovchilikka nomzodlar) imtihonlarga kiritiladi.

13. Imtihon topshirish uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda belgilangan manzilga kelgan haydovchilikka nomzodlar mazkur Nizomning 6-bandi “b” — “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar imtihon o‘tkazishga doir ish yuritish hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslanib, so‘ngra egasiga qaytariladi.

14. Imtihonlar avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi o‘rinlarda — AIT)da avval nazariy, so‘ng amaliy ketma-ketlikda o‘tkaziladi.

15. Nazariy imtihonda haydovchilikka nomzodning yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari, amaliy imtihonda esa avtomototransport vositasini boshqarish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.

16. Nazariy imtihonni topshira olmagan shaxs amaliy imtihonga qo‘yilmaydi, nazariy imtihon o‘tkazilishi nazarda tutilmagan holatlar bundan mustasno. Takroriy imtihonlar oldingisidan kamida yetti kundan keyin o‘tkazilishi mumkin.

17. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, uning nazariy imtihonda olgan ijobiy bahosi ham bekor qilinadi.

18. Haydovchilikka nomzodning nazariy va amaliy imtihonlari natijalari bo‘yicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi.

Haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi ushbu Nizomga 2-3-ilovalarga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.

19. Nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq maxsus sertifikat rasmiylashtirib beriladi.

Maxsus sertifikatning barcha rekvizitlari ichki ishlar organlari va davlat xizmatlari markazlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.

Maxsus sertifikat berilgan kundan boshlab bir yil davomida vakolatli davlat organida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

1-§. Nazariy imtihonni o‘tkazish tartibi

20. Nazariy imtihon AITning nazariy imtihon olish zali (xonasi)da joylashtiriladigan avtomatlashtirilgan ish joyi (imtihon kabinasi)dan foydalangan holda o‘tkaziladi.

21. Nazariy imtihon test shaklida o‘tkaziladi.

22. Nazariy imtihonni o‘tkazishda imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod AIT tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan ish joyi (keyingi o‘rinlarda — AIJ)ni egallaydi.

23. Nazariy imtihon boshlanishidan oldin AIJ monitorida:

ushbu AIJning raqami;

imtihon qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun topshirilayotganligi;

haydovchilikka nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi (bor bo‘lsa), tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.

24. Nazariy imtihon 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan tuzilgan, har bir savolga 2 — 5 ta javob variantlari keltirilgan, javoblardan 1 tasi to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

25. Haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra nazariy imtihon o‘zbek, rus va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida) tillaridan birida topshirilishi mumkin. Agar boshqa xorijiy tilda nazariy imtihon topshirish zarurati paydo bo‘lsa, tarjimon yollashga ruxsat etiladi.

26. Imtihon savollari AITda shakllantiriladi hamda haydovchilikka nomzod tomonidan AIJ klaviaturasidagi tegishli klavish bosilgach, monitor ekraniga chiqadi.

27. Imtihon savollariga javob berish (to‘g‘ri javob variantini tanlash) uchun haydovchilikka nomzodga 25 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon xronometraji AIT tomonidan yuritiladi, ushbu vaqt tugagach, imtihon avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

28. Imtihon savollariga javob berish ketma-ketligi haydovchilikka nomzod tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.

29. Imtihon jarayonida klavishni bexosdan bosib yuborish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan munozarali holatlarning oldini olish uchun imtihon topshirayotgan haydovchilikka nomzod klavishni takroriy bosish orqali o‘zi tanlagan javob variantlarini tasdiqlaydi.

30. Imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod tomonidan barcha imtihon savollariga javob berib bo‘linganda yoki imtihonga ajratilgan vaqt yakuniga yetganida nazariy imtihon natijasi, barcha savollarga berilgan javoblarning to‘g‘ri/noto‘g‘riligi va sarflangan vaqtga doir ma’lumot monitor ekraniga chiqariladi. Ekranga, shuningdek, o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha AITda shakllantirilgan imtihon varaqasining elektron shakli ham chiqariladi.

31. Nazariy imtihon natijalari AIT tomonidan avtomatik tarzda baholanadi. Bunda haydovchilikka nomzod imtihon uchun ajratilgan vaqtda imtihon savollarining:

18 ta va undan ko‘piga to‘g‘ri javob bersa — “topshirdi”;

18 tadan kamiga to‘g‘ri javob bersa — “topshirmadi” yakuniy bahosi AIT tomonidan avtomatik tarzda qo‘yiladi.

32. Imtihon topshirish jarayonida haydovchilikka nomzodlarga biror-bir adabiyot, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositasidan foydalanishga, imtihon o‘tkazish jarayoniga daxldor bo‘lmagan shaxslar hamda boshqa haydovchilikka nomzodlar bilan muloqotga kirishishga ruxsat etilmaydi.

Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, imtihon AIT (DYHXX mas’ul xodimi, kuzatuvchi, operator) tomonidan to‘xtatiladi (agar imtihonlar yakuni bo‘yicha elektron bayonnoma chop etilgan taqdirda, DYHXX mas’ul xodimi tomonidan mazkur bayonnoma haqiqiy emas deb topilib bekor qilinadi), uni sodir etgan imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod imtihondan chetlashtirilib, “topshirmadi” yakuniy bahosi qo‘yiladi.

33. Nazariy imtihon jarayonida AITda nosozliklar mavjudligi aniqlanganda (yoki yuzaga kelganda) haydovchilikka nomzodlarga qo‘yilgan yakuniy baho bekor qilinib, imtihon nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng takroran (yangidan) o‘tkaziladi.

34. Nazariy imtihon natijasi bo‘yicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qog‘ozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi. Nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarning amaliy imtihonni topshirish muddati (navbati) va vaqti AITda avtomatik tarzda belgilanadi.

2-§. Amaliy imtihonni o‘tkazish tartibi

35. Amaliy imtihon tegishli (imtihon qaysi toifali avtomototransport vositasini boshqarish huquqini olish uchun topshirilayotgan bo‘lsa) toifaga mansub bo‘lgan hamda bajarilgan amaliy boshqaruv mashqlari natijalarini avtomatik tarzda qayd etib boruvchi qurilmalar bilan jihozlangan maxsus avtomototransport vositasida (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan maxsus transport vositasi) o‘tkaziladi.

36. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihon avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.

37. Amaliy imtihon o‘tkaziladigan transport vositalarining jihozlanishi hamda avtomatlashtirilgan avtodrom Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

38. Avtomototransport vositalari toifalari bo‘yicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari ro‘yxati tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, YHXBB bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

39. Amaliy imtihon olish jarayonida bajarilgan har bir sinov mashqi hamda yakuniy natijalarning inson omilisiz baholanishi, ularga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining to‘liq cheklanganligi AITda avtomatik nazorat qilinadi.

40. Amaliy imtihonlar yo‘l harakati qoidalari talablariga muvofiq bo‘lgan, boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalarida o‘tkaziladi.

Amaliy imtihon olinadigan transport vositasining texnik holati imtihon boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi, bu haqida transport vositasining yo‘l varaqasiga tegishli belgi qo‘yiladi.

41. Avtomatlashtirilgan avtodromda yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli uzoq (yetti kundan ko‘p) muddat avtomatlashtirilgan avtodrom tizimida imtihon olish imkoni bo‘lmagan taqdirda, amaliy imtihonlar Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Bunday imtihonlar tadbirkorlik subyektining obyektlarida (avtodromida) o‘tkazilgan taqdirda, imtihon komissiyasi tarkibiga avtomatlashtirilgan avtodromning xodimi (haydovchi instruktor, usta) kiritiladi.

42. Amaliy imtihonlarni boshlashdan oldin avtomatlashtirilgan avtodromning sozligi, yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalarining to‘liq va to‘g‘ri o‘rnatilganligi, sozligi AITdagi tegishli test dasturlari yordamida tekshiriladi.

43. Avtomatlashtirilgan avtodromda bajariladigan sinov mashqlarini o‘tkazish (bajarish ketma-ketligi, natijalarini baholash mezonlari) tartibi tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, DYHXX bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. (DYHXX bilan kelishish jarayonida avvalgi rad etish sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilish taqiqlanadi).

44. Transport vositasini amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida baholash haydovchilikka nomzodning sinov mashqlarini bajarishi natijalariga ko‘ra AIT tomonidan inson omilisiz amalga oshiriladi.

45. Avtomatlashtirilgan avtodrom va tizimlarining sozligi avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilinishi, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi ma’lumot (axborot, ishora) avtodrom dispetcherlik punkti ishchi o‘rnidagi monitorga chiqarilishi, amaliy imtihonlar nosozlik bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilishi, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalari bekor qilinishi kerak.

46. O‘tkazilgan amaliy imtihonlarning yakuniy natijasiga ko‘ra haydovchilikka nomzodning transport vositasini boshqarish ko‘nikmasi AIT tomonidan avtomatik tarzda quyidagicha baholanadi: ijobiy natija bo‘yicha “topshirdi”, salbiy natijaga esa “topshirmadi”.

47. Haydovchilikka nomzodning o‘tkazilgan amaliy imtihon bo‘yicha bahosi AITda bir yil muddat saqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qog‘ozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

48. Tadbirkorlik subyekti tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar to‘lovlar asosida ko‘rsatiladi.

49. Imtihon o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

50. Mazkur Nizomning 41-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektining obyektlarida o‘tkaziladigan imtihonlar uchun to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.

51. To‘lov har bir imtihon uchun alohida oldindan amalga oshiriladi. Haydovchilikka nomzodning to‘lovni amalga oshirgani axborot tizimlari orqali tekshirilib, tasdiqlangach u imtihonga kiritiladi.

52. O‘tkazilgan imtihon natijalaridan qat’i nazar, to‘lovlar qaytarilmaydi. Haydovchilikka nomzod imtihon uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda imtihonga uzrli sabablarsiz (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda) kelmasa yoki kech qolsa, davlat xizmati ko‘rsatilgan hisoblanadi. Uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda to‘lov to‘langan hisoblanadi hamda imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi.

53. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar to‘liq hajmda tadbirkorlik subyekti ixtiyorida qoladi.

54. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, o‘tqazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa ma’muriy taomillar) mustaqil ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Mazkur Nizomning 18, 38 va 43-bandlarida belgilangan normalar vakolatli ichki ishlar organi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.

55. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin