O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44492
1   2   3   4   5
408 31.05.2018

DAVLAT TALABLARI

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari deb ataladi) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi.

2. Mazkur Davlat talablari tegishli o‘quv rejalarini va fan dasturlarini, shuningdek avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

3. Mazkur Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu Davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi);

animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi — har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning bilim darajasini adolatli, xolis va shaffoflik asosida tizimli ravishda tekshirish va/yoki yakuniy imtihonni o‘tkazish maqsadida qo‘llanadigan dastur;

o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan axborot bazasi;

turli pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.

2-bob. Qo‘llanish doirasi

4. Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini (keyingi o‘rinlarda avtomototransport vositalari haydovchilari deb ataladi) tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ta’lim faoliyatini tashkiliy va uslubiy ta’minlash uchun qo‘llanadi va quyidagilarni belgilaydi:

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning asosiy shakllari, klassifikatsiya va ta’riflar;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi o‘quv, o‘quv-uslubiy va multimediali qo‘llanmalar, ishlanmalar va tizimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining moddiy-texnik bazasiga qo‘yiladigan talablar;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari o‘quv yuklamasining hajmi;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini baholashga qo‘yiladigan talablar.

3-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash shakllari. Klassifikatsiya va ta’riflar

5. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ta’limning quyidagi shakllari orqali ta’minlanadi:

nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan davlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) haydovchilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tayyorlash va qayta tayyorlash;

joylarda tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish.

6. Tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bo‘yicha o‘quv tashkilotlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qitish — avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash shakllaridan biri hisoblanadi.

7. O‘quv tashkilotlari:

o‘quv va ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish, maslahatlar berish uchun yuqori malakali mutaxassislarni va pedagog-o‘qituvchilarni doimiy asosda yoki shartnomalar asosida jalb etadi;

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish va turdosh sohalarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish borasida yetakchi kompaniyalar, ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi va hamkorlikni amalga oshiradi;

zamonaviy xalqaro va milliy ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini, shuningdek, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan, o‘qitishning zamonaviy shakli va uslublaridan foydalanishni (amaliyotni tahlil qilish, ijtimoiy va real videolavhalar, web muhitida QR-timsillaridan foydalangan holda har kunlik kirish (pretest) va chiqish (posttest) test sinovlarini o‘tkazish, texnologik xaritalar, ishchi daftarlar, multimediyali elektron o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma va boshqalar bilan) ta’minlaydi.

8. Joylarda tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish ta’lim oluvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida joylardagi qonunchilikda belgilangan talablarga to‘liq mos ravishda maxsus jihozlangan, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga javob beruvchi xonalarda olib boriladi.

9. O‘quv tashkilotlarida nomzodlarni haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi o‘quv kurslarini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi:

“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash;

“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash;

“B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash;

“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash;

“B”, “D”, “B” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash;

“B”, “C”, “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash;

“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “VE” toifaga qayta tayyorlash;

“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash;

“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash;

avtotransport vositalarining amaliy boshqaruvi instruktorlarini (keyingi o‘rinlarda instruktorlar deb ataladi) qayta tayyorlash.

10. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘quv guruhida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holda o‘quv guruhida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv guruhida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash.

11. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning quyidagi turlari mavjud:

“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursi;

“B” avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursi;

“B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursi;

“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursi;

“B”, “D”, “B” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursi;

“B”, “C”, “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursi;

“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “VE” toifaga qayta tayyorlash kursi;

“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursi;

“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursi;

instruktorlarni qayta tayyorlash kursi.

12. O‘quv tashkilotlari tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga belgilangan tartibda va tasdiqlangan shakldagi o‘qishni bitirganlik haqida guvohnoma beradi.

13. Tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv guruhlari avtomototransport vositalari haydovchisi yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi (tinglovchi)lardan tashkil topadi.

14. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilar yakuniy imtihon (yozma yoki test sinovlari) va avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish bo‘yicha yakuniy tekshiruv topshiradilar.

15. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi o‘qishni bitirganlik haqida guvohnoma beriladi.

4-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar

16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bozor talablari va ehtiyojlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan talablar asosida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini va mazmunini shakllantiradi, talablarni ilgari suradi va shartlarni qo‘yadi.

17. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni ushbu Davlat talablari asosida kasbiy mahorat doimiy ravishda o‘sib borishini ta’minlaydigan kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.

18. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha kurslar 25 nafargacha bo‘lgan o‘quv guruhlarida tashkil etiladi.

19. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sifati ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, haydovchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarga mosligi bilan belgilanadi.

20. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli o‘quv dasturlari bilan belgilanadi.

21. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun o‘quv tashkilotlari ushbu Davlat talablari asosida o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

22. O‘quv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari quyidagilardan tashkil topadi:

tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va fanlarning o‘quv dasturlari;

tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalar va fanlarning o‘quv dasturlari.

23. O‘quv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan (yaratilgan) yoki shartnomaviy asosda egalik qilish (foydalanish) huquqiga ega o‘quv-uslubiy tizim quyidagilardan tashkil topadi:

o‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;

har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar;

o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning turli toifalari bo‘yicha ishchi rejalar va fanlarning ishchi dasturlari;

o‘quv tashkiloti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan joriy, oraliq va yakuniy nazorat va sinovlarni o‘tkazish uchun ishlanmalar.

5-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining moddiy-texnika bazasiga qo‘yiladigan talablar

24. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o‘quv xonalarining mavjudligi va ularning jihozlanishi;

ko‘rgazmali qurollar va jihozlar bilan ta’minlanganligi;

texnik vositalar bilan ta’minlanganligi;

o‘quv transport vositalari bilan ta’minlanganligi.

25. O‘quv xonalari va ularning jihozlanishiga umumiy talablar:

har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;

har bir auditoriyada videoproyektor yoki dioganali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor yoki televizor, kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini ta’minlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar bilimlarini joriy, oraliq va yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi bilan ta’minlangan kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;

o‘quv auditoriyalaridagi stol va stullar (pyupitrli stullar) sonining o‘quv guruhlarida ta’lim olayotgan ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar sonidan kam bo‘lmasligi;

o‘quv auditoriyalarining sanitariya va gigiyena holati, yoritilganligi va qishda isitilishining sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi;

o‘quv auditoriyalarining belgilangan toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorligi;

belgilangan toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy va boshqa ishlanmalar bilan ta’minlanganligi.

26. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga talablar:

yo‘l belgilari va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-qo‘llanmalar, o‘qituvchi uchun metall negizidagi turli xil chorrahalar va serqatnov maydon tasvirlari hamda transport vositalarining yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar yechish uchun transport vositalari, tartibga soluvchi, svetofor va yo‘l belgilarining magnitli maketlari to‘plami;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar uchun chorraha va maydonlarning (o‘qituvchidagi tasvirlarga o‘xshash) chizmasi, transport vositalari yo‘nalishlarini ifodalash va masalalarni yechish uchun transport vositalari, svetofor va yo‘l belgilari maketlarining kamida 3 ta to‘plami;

yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar (svetofor, yo‘l belgilari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi), xavfli chorraha hamda maydon, temir yo‘l kesishmasi va shu kabilardan iborat bo‘lgan aholi yashaydigai joylarning yagona maketi yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;

yo‘l harakatini tartibga soluvchining ko‘rsatmalari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanma;

transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida joylashishi, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishi, saflanib harakatlanishi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashishi, taniqli belgi, ogohlantirish ishoralari, yozuvli belgilar bilan jihozlanishi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;

avtomobil harakatining nazariyasi va avtomobilni boshqarish psixofiziologik asoslari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari;

avtomobilni turli xil yo‘l va gidrometeorologik sharoitlarda boshqarishning xavfsiz usullari texnikasi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;

avtomobil (avtobus)ni harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi mexanizm va asboblari bilan ko‘rsatilgan tasviriy chizmasi;

yo‘l-transport hodisalari jarohatlanuvchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va haydovchining tibbiy dori qutisi tarkibi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar.

27. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasi avtotrenajyor bilan qo‘shimcha jihozlanadi.

O‘quv jarayonida foydalaniladigan avtotrenajyor quyidagilarni ta’minlashi lozim:

haydovchining transport vositasiga to‘g‘ri o‘tirish va tushish ko‘nikmalari;

boshqaruv vositalari va nazorat-o‘lchov asboblari bilan tanishish;

boshqarishning boshlang‘ich ko‘nikmalari;

transport vositasini boshqarishning har xil vaziyatlari.

28. Avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga talablar:

o‘rganilayotgan transport vositalarining rusumi negizidagi qirqimli asosiy yig‘ma qismlar (dvigatel, ilashish qurilmasi (ssepleniye), uzatmalar qutisi, oldingi, o‘rta va ortgi ko‘priklarning boshqarish mexanizmlari) bilan yig‘masi yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;

o‘rganilayotgan transport vositalarining ayrim mexanizm, tarkib va qismlari yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;

namoyishdagi ko‘rgazmalar (dvigatelning ishlash tartibi, krivoship — shatun va gaz taqsimlash mexanizmlari hamda moylash, sovutish, ta’minlash va o‘t oldirish tizimlari) yoki ularning uch o‘lchovli elektron geometrik modeli;

avtotransport korxonalarining, transport vositalarining va ochiq joyda dvigatelning turli isitgich vositalari bilan joylashishi, avtomobilga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnologik jarayoni, avtomobilda yuk tashishni markazlashtirilgan boshqarish tuzilishlarining tasviriy chizmalari;

avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini, yo‘l varaqasi, tovar-transport yuk xati, avtomobilni joriy ta’mirlash uchun ariza, ehtiyot qism va ashyolar uchun talabnoma, avtomobilni turib qolishi, yuk o‘lchaganda yetishmagan kamomat yuzasidan tuzilgan dalolatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rgazmalar to‘plami, avtomobil vositalariga yukni ortish-tushirish vaqtida mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘llanmalar;

transport vositalariga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan asbob-anjom va moslamalar, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarning namunaviy ko‘rgazmasi;

transport vositalariga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish reglamenti bo‘yicha devoriy ko‘rgazmalar;

tibbiy dori qutisi va yong‘inga qarshi vositalar.

29. Avtomototransport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasi avtotransport vositalarining tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun jihozlanishi:

ko‘zda tutilgan har bir mavzularni guruh bo‘lib bajarishni hisobga olgan holda, o‘rganilayotgan transport vositasi mexanizm, qism va asboblari;

ajratish-yig‘ish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladigan asbob-anjom va moslamalar to‘plami.

30. O‘quv transport vositalarini jihozlashga qo‘yiladigan talablar:

ilashish mexanizmi (avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan transport vositasi bundan mustasno) va ishchi tormozining qo‘shimcha tepkilar bilan jihozlanganligi;

instruktor uchun orqa tomonni ko‘rsatuvchi qo‘shimcha ko‘zgular bilan jihozlanganligi;

“Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi”ning taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi.

31. “A” toifadagi mototransport vositalarida boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar harakatlanish uchun yopiq maydonlarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu toifadagi mototransport vositalariga qo‘shimcha jihozlarning o‘rnatilishi talab etilmaydi.

32. Sog‘lig‘i chegaralangan shaxslarning boshqarishni o‘rgatish mashg‘ulotlari uchun transport vositalari qo‘l yoki boshqa vositalar yordamida boshqariladigan jihozlar bilan jihozlanishi lozim.

33. O‘quv transport vositalari YHXBning hududiy bo‘linmalarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

34. Avtomototransport vositalarini amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun yopiq maydonchalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablar:

yopiq maydoncha sathining tekis va qattiq qoplamali bo‘lishi;

qiyaligi 16 foizdan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lgan balandlik uchastkasi (izli estakadadan foydalanish taqiqlanadi);

transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish uchastkalari (bokslar);

qayrilib olish uchastkasi;

ilonizi yo‘l uchastkasi.

35. Avtomototransport vositalarini amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun avtodromni jihozlashga qo‘yiladigan talablar:

avtodrom sathining tekis qattiq qoplamaga hamda yil davomida harakatni tashkil qilishni ta’minlaydigan texnik vositalarga ega bo‘lishi;

qiyaligi 16 foizdan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lgan balandlik uchastkasi (izli estakadadan foydalanish taqiqlanadi);

transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish uchastkalari (bokslar);

qayrilib olish uchastkasi;

ilonizi yo‘l uchastkasi.

Harakatlanishning o‘xshash sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida avtodrom chorrahalar, piyodalar o‘tish joylari va temir yo‘l kesishmalari hamda Davlat standartlariga binoan yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va svetoforlar bilan jihozlanadi.

36. Avtodromning o‘lchamlari va harakatni tashkil qilishning texnik vositalari avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarida ko‘zda tutilgan har bir mashqni bajarish va turli toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun sinovlar qabul qilishda ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

37. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlariga qo‘yiladigan umumiy talablar:

avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlar ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan mashqlarni to‘liq bajarishni ta’minlaydigan, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, svetoforlar va boshqa yo‘l elementlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim;

avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha barcha yo‘nalishlar YHXBning hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim;

avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlarning zaruriy miqdori mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, kamida ikkita bo‘lishi lozim. Bunda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha har bir yo‘nalish uchun yo‘nalish xaritasi rasmiylashtirilib, unga ketma-ketlik raqami beriladi.

38. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishlar ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan mashqlarni to‘liq bajarishini ta’minlashi uchun unda quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak:

tartibga solingan chorrahadan o‘tish;

tartibga solinmagan teng ahamiyatli bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahadan o‘tish;

tartibga solinmagan teng ahamiyatli bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahadan o‘tish;

chorrahalarda chapga, o‘ngga burilish va qayrilib olish;

chorrahadan tashqarida qayrilib olish;

temir yo‘l kesishmasidan o‘tish;

bir yo‘nalishda ikki va undan ortiq bo‘lakli yo‘llarda qayta tizilish;

piyodalar o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlaridan o‘tish.

6-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari o‘quv yuklamasining hajmi

39. Mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 54 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda, auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 6 soatgacha, mashg‘ulotlarning haftalik hajmi 36 soatgacha rejalashtiriladi. Qolgan soatlar hajmi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.

Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.

40. Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

41. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bo‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda quyidagi hajmlarda belgilanadi:

“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmagan va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 160 soatdan, “A” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 10 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 170 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 52 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 13 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 208 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 54 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“B” “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 15 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 240 soatdan, “BC” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 56 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

avtotransport vositalari haydovchilarini “B” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 6 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 84 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 112 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 12 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 176 soatdan, “D” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 50 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “BE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 108 soatdan, “BE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 12 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 112 soatdan, “CE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 15 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

“D”, “B” va “D”, “C” va “B” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 8 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 120 soatdan, “DE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqaruvi — 18 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;

instruktorlarni tayyorlash uchun “Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uslubi” bo‘yicha kursning o‘qish muddati 2 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 70 soatdan, malakaviy amaliyot uchun — 20 soatdan, yakuniy nazoratga ajratilgan yuklama — 6 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

42. Ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning tayyorgarligini takomillashtirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv tashkilotlarida o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ishi (mustaqil ta’limi) tashkil etiladi.

Mustaqil ta’limning vazifalari jumladan, yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma va multimediyali adabiyotlar bilan ishlash;

internet tarmog‘idan oqilona yechimlarni topish;

elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanib uyga berilgan vazifalarni bajarishdir.

43. Barcha toifalar bo‘yicha haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishlari o‘quv yuklamasining auditoriya soatlarining 30 foiz hajmida mustaqil ta’lim uchun qo‘shimcha ajratilishi nazarda tutiladi.

44. O‘quv tashkilotlarida ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ishi (mustaqil ta’limi) auditoriyadagi o‘qishdan tashqari vaqtda tashkil etiladi. Yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv tashkilotlari har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlaydi.

45. O‘qituvchilar animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bo‘yicha ta’lim oluvchi (tinglovchi)larga topshiriq va vazifalar berib, ular tomonidan o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishga erishishga yo‘naltirilgan masalalar ishlashni nazorat qilib boradilar.

7-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi o‘quv-uslubiy va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar va tizimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar

46. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish maqsadida multimediyali qo‘llanmalar, texnologik xaritalar, axborot, yagona test va yozib olish tizimlari tarzidagi o‘quv-uslubiy, axborot va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar, tizimlar va boshqalardan foydalanish mumkin.

47. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi)dir.

48. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi) butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanishi lozim.

49. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga qo‘yiladigan umumiy talablar:

elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;

elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli o‘quv adabiyoti uchun beriladigan guvohnomasining mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

(49-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlaridan tashkil topishi;

yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari, avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish hamda birinchi tibbiy yordam bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan auditoriya soatlarining 10 foizdan kam bo‘lmagan hajmdagi animatsiyali videokontentning mavjudligi;

qayta aloqa funksiyasini amalga oshirishda produksion qoidaning joriy etilganligi;

tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun — lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;

rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kiril alifbolarida ishlash imkoniyatining mavjudligi;

700 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlarini o‘z ichiga olishi va bunda test topshiriqlarining kamida uchdan bir qismi animatsiya effektlariga ega bo‘lishi va yo‘l belgilari bilan bog‘liq test topshiriqlari yo‘l belgilarining tasviri bilan mustahkamlanganligi;

trening va imtihon rejimlarida ishlay olish imkoniyatining mavjudligi.

50. O‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — bu ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimidir.

51. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimiga ega bo‘lishi lozim.

52. Darslarning o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yiladigan umumiy talablar:

o‘quv jarayonining barcha bosqichlarini qamrab olishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar haqida axborotlarning, shu jumladan ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning F.I.O., ish joyi, lavozimi, o‘qish muddati, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashganligi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirganligi va yakuniy imtihon (test sinovlari) natijalarining mavjudligi;

o‘qituvchilar haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, shu jumladan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari jadvalining kiritilganligi.

53. Turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — bu har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashridir.

54. O‘quv tashkilotlari har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlashi lozim.

55. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari va layoqatlari hisobga olinganligi;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun ushbu davlat talablarida belgilangan ta’limning zarur hajmi berilganligi, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.

56. Texnologik xaritalarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar:

a) didaktik talablar:

ta’lim oluvchi (tinglovchi) tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;

axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;

qiziqarli, lo‘nda, qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;

rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim;

b) ilmiy-metodik talablar:

fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;

mavzularning mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;

mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;

milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;

savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;

bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim;

v) pedagogik-psixologik talablar:

keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

mavzularning o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim;

g) estetik talablar:

ta’lim oluvchi (tinglovchi)ga muayyan ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va malaka oshirish yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otishi;

bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;

rasm va tasvirlarning badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim;

d) gigiyenik talablar:

matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi;

harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyundagi “Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.

57. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

8-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar

58. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar tarkibini tanlab olish asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

59. O‘qituvchining ma’lumoti, mutaxassisligi va shaxsiy fazilatlariga bo‘lgan talablar:

avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak;

yo‘l harakati qoidalari, avtomototransportni boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari;

yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yoki “Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha instruktor (paramedik) malakasi va avtotransport vositalarini boshqarishga tayyorlovchi o‘quv maskanlarida ushbu o‘quv kursini o‘rgatish huquqi berilgan sertifikatga ega bo‘lishlari;

ta’lim oluvchilarda yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtotransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish, yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam berish, transport vositalarining tuzilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish sohasida puxta bilimlarni shakllantirish, ularga kasbiy ko‘nikmalarni, avtotransport vositalarini boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish nazariyasi hamda amaliyoti asoslarini, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligining huquqiy va qonunchilik asoslari sohasida ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha qobiliyatlarning mavjudligi;

ularda davlat ta’lim standartlariga, zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari talablariga muvofiq o‘zlarining o‘quv rejalarini va dasturlarini tuzish, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlaridan, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish qobiliyatlarining mavjudligi;

ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish (amaliy vazifalarni, kichik guruhlarda ishlash, murakkab yo‘l vaziyatlari va shu kabilarni tahlil qilish) mahorati;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarida erkin ishlash mahorati ko‘nikmalarining mavjudligi;

ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni va mustaqil izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtotransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish, yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam ko‘rsatish, transport vositalarining tuzilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, fundamental va tatbiqiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarining mavjudligi.

O‘qituvchi maxsus dasturlar bo‘yicha uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirishi lozim.

60. Instruktorga qo‘yiladigan talablar:

to‘liq o‘rtadan kam bo‘lmagan ma’lumotga ega ekani;

tegishli toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga hamda tegishli toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha uch yil (“D” toifasidagi transport vositasi bo‘yicha — besh yil) haydovchilik faoliyatiga ega bo‘lishi;

avtomototransport vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi.

Instruktor maxsus dasturlar bo‘yicha uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihonlarini topshirishi kerak.

61. Instruktor quyidagilarni bajarishni bilishi shart:

boshqarishni o‘rgatish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish;

boshqarish ko‘nikmalarini mukammallashtirish va mustahkamlash maqsadida trenajyerlar va o‘quv transport vositasida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

transport vositasiga kundalik qarov ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

transport vositasining texnik holati va jihozlanishini tekshirish;

oraliq va yakuniy nazorat tekshiruvlarini baholash;

mashg‘ulotning maqsadi, mohiyati, usuli va vositalarini aniq tanlash;

zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tanlash va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanish;

ta’limdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, baholash va tatbiq etish;

yong‘in va mehnat xavfsizligi hamda sanitariya me’yorlariga amal qilish;

ta’lim oluvchi va transport vositasining xavfsizligini ta’minlash;

transport vositasiga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish.

62. Instruktor quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositalarining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalariga, transport vositalarini xavfsiz boshqarish qoidalariga amal qilish;

turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositalarini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish;

yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalarini;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklar quyish;

yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalariga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;

yo‘l varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalarini bilish;

yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlarini, mehnat va dam olish tartibi talablarini bilish;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;

favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalarining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilish;

yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;

transport vositalarining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish;

transport vositalarini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

9-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar

63. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarining tinglovchilari uchun qo‘yiladigan talablar:

sog‘lig‘ining holati bo‘yicha maxsus tibbiy talablarga javob berishi;

ma’lumoti umumiy o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmasligi;

o‘quv mashg‘ulotlari ta’lim muddati yakunida “A” toifali mototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga, “B”, “B” va “C” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga, “D” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lganligi, “BE”, “CE” va “DE” toifalariga ega bo‘lish uchun “B”, “B” va “C”, “C”, “D” toifalardagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida o‘n ikki oy haydovchilik stajiga ega bo‘lgan shaxslar.

64. “A” toifali mototransport vositasining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olishi va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;

maxsus bosh kiyimini kiyish, moslashtirish va tugmalashni hamda boshqa himoya vositalaridan foydalanish;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa xildagi suyuqliklarni quyish;

yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqib-tushishlarida, ularni tashishda, yuklarni mustahkamlash va tashishda xavfsizlik choralarini ko‘rish;

alohida vaziyatlarda ishonchli harakat qilish;

yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilish;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish;

transport vositasini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

65. “A” toifali mototransport vositasining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalari;

transport vositasini xavfsiz boshqarish qoidalari;

harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklar hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;

transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibini bilish;

transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni bilish;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.

66. “B” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;

yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqib-tushishlarida, ularni tashishda, yuklarni mustahkamlash va tashishda xavfsizlik choralarini ko‘rish;

alohida vaziyatlarda ishonchli harakat qilish;

yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish tartibini bilishni;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;

transport vositasini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

67. “B” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalari;

transport vositasini xavfsiz boshqarish qoidalari;

harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlarni bilish;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullarini bilish;

transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibini bilish;

transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni bilish;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.

68. “B” va “C” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olishi va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;

yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositasiga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;

yo‘l varaqasi va yuk-transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

mehnat va dam olish tartibiga amal qilish;

alohida vaziyatlarda ishonchli harakat qilish;

yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;

transport vositasini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

69. “B” va “C” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalari;

transport vositasini xavfsiz boshqarish qoidalari;

yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalari;

harakatlanishni ta’qiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni ta’qiqlovchi shartlar;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;

transport vositasidan foydalanish qoidalari;

transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibi;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;

yo‘l varaqasi va yuk-transport hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;

transport vositasini texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.

70. “D” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositasini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;

yo‘lovchilarni transport vositasiga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni hamda yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashishni bilish;

yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

mehnat va dam olish rejimiga amal qilish;

alohida vaziyatlarda ishonchli harakat qilish;

yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;

favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish;

yo‘lovchilarni xabardor qilish uchun radioqurilmadan foydalanish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositasining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish;

transport vositasini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

71. “D” toifali transport vositasining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositasining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalari;

transport vositasini xavfsiz boshqarish qoidalari;

yo‘lovchilarni chiqishi va tushishi uchun transport vositasini bekatlarga kiritish va qo‘yish qoidalari;

yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalari;

yo‘lovchilarni xabardor qilish uchun radioqurilmadan foydalanish qoidalari;

harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalari;

harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositasidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;

transport vositasidan foydalanish qoidalari;

favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari;

transport vositasini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov tartibi;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish rejimining talablari;

yo‘l va yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;

transport vositasini texnik qarovida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlash;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.

72. “BE”, “CE” hamda “DE” toifali transport vositalari tarkibining haydovchisi quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositalari tarkibini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olish va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalari tarkibini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositalari tarkibining texnik holatini nazorat qilish;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;

yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalari tarkibiga xavfsiz chiqish va tushish, ularni tashishni ta’minlash;

yo‘l varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

mehnat va dam olish tartibiga amal qilish;

alohida vaziyatlarda ishonchli harakat qilish;

yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda ularni tashish qoidalariga rioya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalari tarkibining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda bartaraf etish;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;

transport vositalarining tarkibini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

73. “BE”, “CE” hamda “DE” toifali transport vositalari tarkibining haydovchisi quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositalari tarkibining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalari;

transport vositalari tarkibini xavfsiz boshqarish qoidalari;

avtopoyezdlarni harakatlanish nazariyasining asoslari;

yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalari;

harakatlanishni taqiqlovchi nosozliklarni hamda transport vositalari tarkibidan foydalanishni taqiqlovchi shartlar;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;

transport vositalari tarkibidan foydalanish qoidalari;

transport vositalari tarkibini yo‘lga chiqishidan oldin nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va unga kundalik qarov;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;

yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;

transport vositalari tarkibining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish tartibini va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof-muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan javobgarlikni bilish.

74. Avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori quyidagilarni bajarishni bilishi kerak:

boshqarishni o‘rgatish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish;

boshqarish ko‘nikmalarini mukammallashtirish va mustahkamlash maqsadida trenajyerlar va o‘quv transport vositasida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

transport vositasiga kundalik qarov ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

transport vositasining texnik holati va jihozlanishini tekshirish;

oraliq va yakuniy nazorat tekshiruvlarini baholash;

mashg‘ulotning maqsadi, mohiyati, usuli va vositalarini aniq tanlashni;

zamonaviy o‘quv — uslubiy qo‘llanmalarni tanlash va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanish;

amaliy boshqaruv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

ta’limdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, baholash va tatbiq etish;

yong‘in va mehnat xavfsizligi hamda sanitariya me’yorlariga amal qilish;

ta’lim oluvchi va transport vositasining xavfsizligini ta’minlash;

transport vositasiga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish.

75. Avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori quyidagilarni bilishi kerak:

transport vositalarining asosiy mexanizm va tizimlarining vazifasi, joylashishi va ishlash prinsiplari;

yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni,transport vositalarini xavfsiz boshqarish qoidalari;

turli xil yo‘l va ob-havo sharoitlarida transport vositalarini xavfsiz boshqarish;

o‘zining emotsional holatini boshqara olish;

yo‘lga chiqishdan oldin transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazishni va harakatlanish jarayonida transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish;

yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalari;

zamonaviy ekologik talablarga rioya qilgan holda transport vositasiga yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni quyish;

yuklarni qabul qilish, joylashtirish va tashish, yo‘lovchilarni transport vositalariga xavfsiz chiqish va tushishini, ularni tashishni ta’minlash;

yo‘l varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

harakatlanish nazorati, dispetcherlik aloqasi texnik vositalari hamda taxografdan foydalanish qoidalari;

yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi va boshqa transport hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va topshirish;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlari, mehnat va dam olish tartibining talablari;

yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va usullari;

favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish;

foydalanishda yuzaga kelgan, transport vositalarining qism va agregatlarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayda nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda bartaraf etish;

yuzaga kelgan nosozliklarni to‘g‘ri baholay olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat etish;

transport vositalarining texnik qarovida hamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish va foydalaniladigan materiallar bilan ishlashni;

yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi hamda atrof muhitni ifloslantirgani uchun belgilangan mas’uliyatni bilish;

transport vositalarini boshqarish bo‘yicha o‘zining ko‘nikmalarini takomillashtirib borish.

10-bob. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini baholash

76. Ichki nazorat-o‘quv tashkilotlarida tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida o‘rnatilgan tartibda yuqoridagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi tomonidan, tarmoqlar boshqaruvi vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan, jamoatchilik tashkilotlari va kadrlardan foydalanuvchilar tomonidan, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat — o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha yakuniy imtihonlar (test sinovlari, yozma imtihon) va avtotransport vositalarini amaliy boshqarish shaklida amalga oshiriladi.

Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

77. O‘quv tashkilotlarining ta’lim sohasidagi faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining ta’lim faoliyatiga oid qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


5-ILOVA

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin