O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44492
1   2   3   4   5
408 31.05.2018

DAVLAT TALABLARI

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.

2. Mazkur Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv fanlariga oid materiallarni ushbu davlat talablari va o‘quv dasturlariga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanlarini samarali o‘zlashtirishga, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, matn va test savollarini o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanlarining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim manbai (qo‘llanmasi);

animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi — har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning bilim darajasini adolatli, xolis va shaffoflik asosida tizimli ravishda tekshirish va/yoki yakuniy imtihonni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladigan dastur;

o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi — ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan axborot bazasi;

turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar — har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.

3. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etadi.

4. Mazkur davlat talablari tegishli o‘quv rejalarni va fan dasturlarini, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish hamda malaka oshirish bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash uchun litsenziya talablari va shartlarini aniqlashtirish uchun asos hisoblanadi.

5. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng bitiruvchi-tinglovchilarga belgilangan tartibda malaka oshirganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

6. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish kurslariga yuboradilar va unda ishtirokini ta’minlaydi.

2-bob. Davlat talablarining qo‘llanish doirasi

7. Davlat talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sohasidagi ta’lim faoliyatini tashkiliy va uslubiy ta’minlash uchun qo‘llanadi va quyidagilarni belgilaydi:

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi o‘quv-uslubiy va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar va axborot tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimining moddiy-texnikaviy bazasiga qo‘yiladigan talablar;

o‘quv yuklamasining hajmi;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sifatini baholash.

3-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar

8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) bozor talablari va ehtiyojlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan talablar asosida malaka oshirish darajasini va mazmunini shakllantiradi, talablarni ilgari suradi va shartlarni qo‘yadi.

9. Malaka oshirish mazmuni ushbu Davlat talablari asosida kasbiy mahorat doimiy ravishda o‘sib borishi va olib borilishini ta’minlaydigan kasbiy bilimlar, malaka, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni muntazam ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.

10. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha kurslar o‘quv tashkilotlarining o‘quv binolarida 30 nafargacha tinglovchilardan iborat o‘quv guruhlarida hamda buyurtmachi-tashkilotlarning binolarida sayyor o‘quv mashg‘ulotlari shaklida, tinglovchilarning asosiy ishidan ajralgan, qisman ajralgan yoki asosiy ishidan ajralmagan holda tashkil etilishi mumkin.

11. Malaka oshirish sifati tinglovchilarning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilariga qo‘yiladigan malakaviy talablarga mosligi bilan belgilanadi.

12. Malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar ushbu Davlat talablari asosida ishlab chiqilgan tegishli o‘quv dasturlari bilan belgilanadi.

13. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun o‘quv tashkilotlari ushbu Davlat talablari asosida o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

4-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi o‘quv-uslubiy va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar va axborot tizimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar

14. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish maqsadlarida multimediyali qo‘llanmalar, texnologik xaritalar, axborot, yagona test va yozib olish tizimlari tarzidagi o‘quv-uslubiy, axborot va multimediyali qo‘llanmalar, ishlanmalar, tizimlar va boshqalardan foydalanish mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi) butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish uchun ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanishi lozim.



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

16. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga qo‘yiladigan umumiy talablar:

elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;

Oldingi tahrirga qarang.

(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)

yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlaridan tashkil topishi;

yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish, harakat xavfsizligi asoslari va birinchi tibbiy yordam bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan auditoriya soatlarining 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmdagi uch o‘lchamli animatsiya effektlariga ega videokontentning mavjudligi hamda avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish kurslari uchun maxsus ishlab chiqilganligi;

qayta aloqa funksiyasini amalga oshirishda produksion qoidaning joriy etilganligi;

700 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlarini o‘z ichiga olishi va bunda test topshiriqlarining kamida uchdan bir qismining animatsiya effektlariga ega bo‘lishi;

tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;

rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida ishlash imkoniyatining mavjudligi;

trening va imtihon rejimlarida ishlay olish imkoniyatining mavjudligi.

17. O‘quv tashkilotlari malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturiga ega bo‘lishlari lozim.

18. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovidan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaga ega bo‘lishi va alohida test auditoriyasining barcha kompyuterlariga animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi va ular tarmoq tizimida o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim.

19. Malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturiga qo‘yiladigan umumiy talablar:

tinglovchining mustaqil ravishda ishlashi uchun — lokal va o‘quv xonasi (auditoriyada) tinglovchilarning birgalikda ishlashi uchun tarmoq tizimida ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;

yagona test dasturining O‘zbekistonda yaratilganligi va elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi;

malaka oshirish kursining barcha o‘quv fanlarini qamrab olishi;

100 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlari bazasining mavjudligi va bunda test topshiriqlarining 25 foizi animatsiya effektlariga ega bo‘lishi, yo‘l belgilari bilan bog‘liq test topshiriqlari yo‘l belgilarining tasviri bilan mustahkamlangan bo‘lishi;

rus va o‘zbek tillarida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida test topshiriqlarini bajarish imkoniyatining mavjudligi;

elektron protokol va (yoki) qaydnoma shaklida tinglovchi, o‘quv guruhi va malaka oshirish yo‘nalishi kesimlarida aniq raqamlar va foizlar bo‘yicha test natijalarini chiqarish imkoniyatining mavjudligi;

kamida uch oylik test natijalarini alohida test auditoriyasining dispetcher kompyuteri xotirasida va/yoki o‘quv tashkilotlarining ma’lumotlar bazasida saqlash imkoniyatining mavjudligi;

trening va imtihon rejimlarida ishlay olish imkoniyatining mavjudligi.

20. O‘quv tashkilotlari ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimiga ega bo‘lishi lozim.

21. Darslarning o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardir:

o‘quv jarayonining barcha bosqichlarini qamrab olishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar haqida axborotlarning, shu jumladan ta’lim oluvchi (tinglovchi)ning F.I.O, ish joyi, lavozimi, o‘qish muddati, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashganligi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirganligi va yakuniy imtihon (test sinovlari) natijalarining mavjudligi;

o‘qituvchilar haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, shu jumladan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari jadvalining kiritilganligi.

22. O‘quv tashkilotlari har bir o‘qituvchini va o‘quv auditoriyalarini turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlashi lozim.

23. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari va layoqatlari hisobga olinganligi;

malaka oshirish uchun ushbu davlat talablarida belgilangan ta’limning zarur hajmi berilganligi, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.

24. Texnologik xaritalarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar:

a) didaktik talablar:

ta’lim oluvchi (tinglovchi) tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;

axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;

qiziqarli, lo‘nda, qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;

rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim.

b) ilmiy-metodik talablar:

fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;

mavzularning mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;

mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;

milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;

savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;

bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

v) pedagogik-psixologik talablar:

keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

mavzularning o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.

g) estetik talablar:

imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)ga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va malaka oshirish yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otishi;

bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;

rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.

d) gigiyenik talablar:

matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi;

harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.

25. Texnologik xaritalarni ishlab chiqish qonun hujjatlariga hamda ushbu Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

5-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimining moddiy-texnika bazasiga qo‘yiladigan talablar

26. Avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirishni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o‘quv xonalari va ularning jihozlanishi;

ko‘rgazmali qurollar va jihozlar bilan ta’minlanganligi;

texnik vositalar bilan ta’minlanganligi.

27. O‘quv xonalari va ularning jihozlanishiga umumiy talablar:

har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;

har bir o‘quv auditoriyasining videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, magnitli sinf doskasi, audio va video kuzatuv tizimi bilan jihozlanganligi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)lar bilimlarini joriy, oraliq va yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturi bilan ta’minlangan elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) hamda test sinovlari oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimi bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi;

o‘quv auditoriyalaridagi stol va stullar (pyupitrli stullar) soni o‘quv guruhlarida ta’lim olayotgan ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning sonidan kam bo‘lmasligi;

o‘quv auditoriyalarining sanitariya va gigiyena holati, yoritilganligi va qishda isitilishining Sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi;

o‘quv auditoriyalarining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorligi;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy va boshqa ishlanmalar bilan ta’minlanganligi.

28. Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar:

yo‘l harakatini tartibga soluvchining ko‘rsatmalari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanma;

transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida joylashishi, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishi, saflanib harakatlanishi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashishi, taniqli belgi, ogohlantirish ishoralari, yozuvli belgilari bilan jihozlanishlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;

avtomobil harakatining nazariyasi va avtomobilni boshqarish psixofiziologik asoslari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;

avtomobilni turli xil yo‘l va gidrometeorologik sharoitlarda boshqarishning xavfsiz usullari texnikasi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar;

avtomobil (avtobus)ni harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi mexanizm va asboblari bilan ko‘rsatilgan tasviriy chizmasi;

yo‘l-transport hodisalari jarohatlanuvchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va haydovchining tibbiy dori qutisi tarkibi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar mavjud bo‘lishi.

6-bob. O‘quv yuklamasining hajmi

29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish kurslari umumiy o‘quv yuklamasining hajmi 30 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

7-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish tizimidagi pedagog kadrlarga qo‘yiladigan talablar

30. Avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar tarkibini tanlab olish quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

tinglovchilarda yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakatini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish sohasida puxta bilimlarni shakllantirish, ularga kasbiy ko‘nikmalarni, avtomototransport vositalarini boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilish nazariyasi hamda amaliyoti asoslarini, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati xavfsizligining huquqiy va qonunchilik asoslari sohasida ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha qobiliyatlarning mavjudligi;

ularda davlat ta’lim standartlariga, zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq o‘zlarining o‘quv rejalarini va dasturlarini tuzish, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlaridan, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish qobiliyatlarining mavjudligi;

ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish (amaliy vazifalarni, kichik guruhlarda ishlash, murakkab yo‘l vaziyatlari va shu kabilarni tahlil qilish) mahorati;

o‘quv tashkilotlarida kamida uch yil o‘qituvchilik ish stajining yoki bakalavr (magistr) akademik darajasiga egaligining yoxud davlat tashkilotlari va muassasalari hamda avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik tashkilotlarida kamida uch yillik amaliy ish tajribasining, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarida erkin ishlash mahorati ko‘nikmalarining mavjudligi;

ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni va mustaqil izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, shu jumladan, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, ekologik madaniyat va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, fundamental va tatbiqiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishda zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarining mavjudligi.

8-bob. Malaka oshirishdan o‘tgan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar

31. Malaka oshirishdan o‘tgan avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar) quyidagi qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim:

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarda transport oqimini boshqarish, haydovchi madaniyati, shu jumladan, avtomototransport vositasini xavfsiz boshqarish madaniyati, ekologik madaniyat va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘lovchi va yuk tashishni xavfsiz amalga oshirish sohalariga taalluqli jarayonlar, konsepsiyalarni bilishi va tushunishi;

avtomototransport vositalarini professional boshqarishni, ushbu shaxslar (haydovchilar) tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirishning asoslarini bilishi;

yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyati, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari va yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari bilan muloqotda bo‘lish, tashkiliy kommunikatsiya bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

yo‘l harakatiga oid statistik ma’lumotlar tahlili negizida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorlar qabul qila olishi;

kasbiy faoliyatni amalga oshirishda axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalana olishi;

avtomototransport vositalarini xavfsiz va samarali boshqara olishi;

zamonaviy texnologiyalar asosida avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ni o‘qitishni tashkil qilishga ko‘maklashish imkoniyatining mavjudligi.

9-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish sifatini baholash

32. Ichki nazorat o‘quv tashkilotlarida tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida belgilangan tartibda yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat-jamoatchilik nazorati — vakolatli davlat organi tomonidan, tarmoqlar boshqaruvi vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan, jamoatchilik tashkilotlari va kadrlardan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat — o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha yakuniy imtihonlar (test sinovlari, yozma imtihon) shaklida amalga oshiriladi.

Tashqi nazorat — Davlat inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

33. O‘quv tashkilotlarining ta’lim sohasidagi faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining ta’lim faoliyatiga oid qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorida:



a) 1-banddagi “1-iyundan” so‘zlari “1-avgustdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

8-banddagi “1-iyundan” so‘zlari “1-avgustdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 13-son, 247-modda) 1-ilovada:

a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Ushbu Nizom yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi”;

b) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga


7-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin