SXEMASI
Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Muddatlar
| | | | | | | | | | |
1-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
1. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat qiladi.
2. Tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
| |
Zarurat bo‘lganda
| | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
Tadbirkorlik subyekti
| |
1. Ariza tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti, shartlari va to‘lov miqdori to‘g‘risida elektron xabar yuboradi.
| |
Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida
| | | | | | | | | | |
3-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
Imtihonlarni topshirish uchun belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshiriladi.
| |
1 kun ichida
| | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
Tadbirkorlik subyekti
| |
To‘lov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi va bu haqda tizim orqali xabarnoma yuboradi.
| |
24 soat ichida
| | | | | | | | | | |
5-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
Xabarnomada ko‘rsatilgan joyga belgilangan sana va vaqtda borib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi.
| |
Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda
| | | | | | | | | | |
6-bosqich
| |
Tadbirkorlik subyekti
| |
1. Imtihonlardan ijobiy o‘tgan taqdirda, milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus sertifikat beradi.
2. Berilgan sertifikat to‘g‘risida DYHXX va Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda ma’lumot jo‘natadi.
| |
Shu kunning o‘zida
| | | | | | | | | | |
7-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
1. Maxsus sertifikat va tegishli hujjatlar bilan DYHXX yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.
2. Belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
| |
Shu kunning o‘zida
| | | | | | | | | | |
8-bosqich
| |
DYHXX yoki Davlat xizmatlari markazi
| |
1. Maxsus sertifikatni qabul qiladi.
2. Fotosuratga tushiradi.
3. Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib, ariza beruvchiga taqdim etadi.
| |
Shu kunning o‘zida
| | | |
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Gr.№ _____. ____________ Amaliy mashq ustasi: _______________
|
O‘qituvchi: __________Avtomobil rusumi, d/r _____________
| |
Avtomobil boshqarish bo‘yicha imtihon
|
VARAQASI
|
_____________________________________________________________________________
|
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili)
| | | | | | | |
T/r
|
Xatoliklar
|
1 ta xato uchun jarima
|
Imtihon o‘tkazilgan sana
| | | | |
To‘plangan jarima ballari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Amaliy imtihon bosqichlari
|
1.
|
Balandlikka qo‘zg‘alishda:
| | | | | |
1.1.
|
Notekis qo‘zg‘aldi
|
20
| | | | |
1.2.
|
Dvigatelni o‘chirib qo‘ydi
|
20
| | | | |
1.3.
|
Orqaga 70 sm. jildi
|
20
| | | | |
2.
|
Cheklangan harakat qismida qayrilish:
| | | | | |
2.1.
|
Orqaga uzatmani 1-marta qo‘shib qayrila olmadi
|
20
| | | | |
2.2.
|
Dvigatelni o‘chirib qo‘ydi
|
20
| | | | |
2.3.
|
Cheklagichlardan chetga o‘tib ketdi
|
20
| | | | |
3.
|
Yo‘nalishning ilonizi qismida:
| | | | | |
3.1
|
Ustunchalarga tegib ketdi
|
20
| | | | |
3.2.
|
O‘tish davomida to‘xtab harakatlandi
|
20
| | | | |
3.3
|
Dvigatelni o‘chirib qo‘ydi
|
20
| | | | |
4.
|
Orqaga yurgizib boksga qo‘yish:
| | | | | |
4.1.
|
Orqaga uzatmani 1-marta qo‘shib qayrila olmadi
|
20
| | | | |
4.2.
|
Dvigatelni o‘chirib qo‘ydi
|
20
| | | | |
4.3.
|
Cheklagichlardan chetga o‘tib ketdi
|
20
| | | | |
5.
|
Bosqichni noto‘g‘ri bajardi
|
100
| | | | | |
Jami natijalari
| | | | | | | | | | | | |
Imtihon natijasi: (topshirdi yoki topshirmadi)
|
________________________
|
Tibbiy ma’lumotnoma raqami, berilgan joyi, sanasi
|
____________________________
|
Amaliy imtihonni qabul qilgan mas’ul xodim
|
__________________________________
|
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
| | | | | | | | | | |
Imtihon bayoni № ______________
| | |
_______________
| | | | | | |
(sana)
| | | |
Imtihon hay’atining raisi ________________________
| |
Imtihon hay’atining a’zolari 1. ______________ 2. ______________ 3. ______________
| | | | | | | | | | |
T/r
|
Imtihon topshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
|
Qaysi toifaga
|
Imtihon topshiruvchi o‘qigan tashkilot
|
Nazariy imtihon
|
Amaliy imtihon
|
Amaliy imtihon
|
Nechanchi marta
|
Natija
|
Nechanchi marta
|
Natija
|
Nechanchi marta
|
Natija
|
1.
| | | | | | | | | |
2.
| | | | | | | | | |
3.
| | | | | | | | | |
4.
| | | | | | | | | |
5.
| | | | | | | | | |
6.
| | | | | | | | | |
7.
| | | | | | | | | |
8.
| | | | | | | | | |
9.
| | | | | | | | | |
10.
| | | | | | | | | |
11.
| | | | | | | | | |
12.
| | | | | | | | | |
13.
| | | | | | | | | |
14.
| | | | | | | | | |
15.
| | | | | | | | | |
16.
| | | | | | | | | |
17.
| | | | | | | | | |
18.
| | | | | | | | | |
19.
| | | | | | | | | |
20.
| | | | | | | | | |
21.
| | | | | | | | | |
22.
| | | | | | | | | |
23.
| | | | | | | | | |
24.
| | | | | | | | | |
25.
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Imtihon hay’ati raisi:
|
____________ ____________________________
| |
Imtihon hay’atining a’zolari:
|
1. ____________ ____________________________
| |
2. _____________ ___________________ 3. ______________ ____________________
| | | | | | | | | | |
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida maxsus sertifikat
NAMUNASI
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus sertifikatning tavsifi
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi haqida maxsus sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifika) 148x210 mm (A6) o‘lchamda elektron shaklda tayyorlanib, oddiy qog‘ozda chop etiladi.
Lotin yozuvidagi davlat tilidan hamda rus va ingliz tillaridan foydalaniladi. Seriya va raqami o‘n to‘rt sondan iborat.
Sertifikat maxsus vositalar (dasturlar) yordamida o‘qish mumkin bo‘lgan QR kod bilan himoyalanadi.
Sertifikatning old tomonida “Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus SERTIFIKAT” so‘zlari, shuningdek, sertifikat berilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili/oyi/sanasi), imtihon qaysi transport vositasini boshqarish uchun topshirilganligi, uni rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati majburiy tartibda ko‘rsatiladi, imtihon topshirgan shaxsning imzosi uchun joy mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
3-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha (yangi ochilayotgan) davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi ta’lim tizimidan iborat:
a) o‘quv tashkilotlarida “A”, “B”, “C” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasiga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash:
sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqli bo‘lgan;
ma’lumoti umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan;
o‘quv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga; “B”, “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lgan shaxslar bilan olib boriladi;
b) o‘quv tashkilotlarida “B” va (yoki) “C” va (yoki) “D” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan haydovchilarni boshqa toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi) bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o‘quv dasturlari asosida surdo tarjimon yordamida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tramvay, trolleybus va bo‘g‘imli trolleybuslarni boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarni tayyorlash YHXBB bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muddatlari davlat talablariga hamda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq belgilanadi.
5. Ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 t dan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
6. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotida olib borilayotgan ishlar ushbu tashkilot rahbari tomonidan nazorat qilib boriladi.
7. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari va ushbu ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi) ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi yoki bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) hisobga olingan bo‘lishlari shart.
8. “A”, “B”, “C” toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni o‘quv tashkilotiga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) jismoniy shaxs arizasi yoki buyurtmachi — tashkilot yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
b) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
v) 3x4 santimetr hajmdagi 3 dona fotosurat (fuqaro kiyimida);
g) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
d) pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat.
9. Haydovchilarni “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari “B” yoki “D” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, “BE”, “CE” yoki “DE” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda esa tegishli ravishda “B”, “C” yoki “D” toifasidagi milliy haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun qayta tayyorlashda ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, “B” va (yoki) “C” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi hamda kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
10. O‘quv tashkilotidagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik Reglament talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Lekin mazkur yo‘nalish guruhlaridagi nomzodlarning soni 25 kishidan oshmasligi lozim. O‘quv tashkilotlarining rahbarlari guruhlarda mashg‘ulotlar boshlangungacha o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini malaka oshirish bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni 30 kishidan oshmasligi lozim.
11. Ta’lim jarayoni nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlardan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlari bilan belgilanadi.
12. O‘quv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha mashg‘ulotlar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlari — tasdiqlangan grafik bo‘yicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
13. Nazariy mashg‘ulotlar o‘quv jurnallari yoki elektron o‘quv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar esa — yo‘l varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv avtomobillarida hamda avtotrenajyorlarda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar haydovchilikka nomzodning mashg‘ulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.
3-bob. O‘quv tashkilotlarining avtomototransport va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish
14. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari, ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari:
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash va ta’lim-tarbiya tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlaydi;
o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini nazorat qiladi;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘quv tashkilotlarida xodimlarni, o‘qituvchi, instruktor va boshqa mutaxassis xodimlarning malakalarini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
boshqa o‘quv tashkilotlarining erishgan yutuqlarini o‘rganadi va targ‘ib qiladi.
16. Rahbar xodimlar, o‘qituvchi va instruktorlarning asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yo‘riqnomalarda bayon etiladi.
17. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga bilimi o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan, tegishli toifadagi avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha uzluksiz uch yil (“D” toifasidagi avtotransport vositasi bo‘yicha — uzluksiz besh yil) stajga, shuningdek, avtomototransport vositasi yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
18. Avtomototransport vositalarining va shahar elektr vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar oliy yoki avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari shart.
19. O‘quv tashkilotlarining xodimlari, o‘qituvchi, instruktorlari hamda boshqa mutaxassis xodimlari tashkilotning muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi bo‘yicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan o‘tkaziladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud bo‘lmagan o‘quv tashkilotlari tegishli mutaxassis xodimlarining kasbiy yaroqliligi belgilangan muddatlarda Davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyada aniqlanadi.
20. Quyidagilar:
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar ma’muriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishidan oldin malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirish yakuni bo‘yicha haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Yuridik shaxslarni avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4-bob. O‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi
21. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi davlat talablariga mos bo‘lishi kerak. O‘quv tashkilotining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va o‘quv avtomototransport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. O‘quv avtomototransport vositalari uning mulkdori bo‘lgan o‘quv tashkiloti yoki undan ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan shaxslar tomonidan davlat talablariga muvofiq saqlanishi shart.
22. O‘quv tashkilotining hamda ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan avtomototransport vositalari yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa asbob-uskunalar bilan tashkilot tomonidan ta’minlanishi shart.
23. O‘quv tashkilotiga qarashli va ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan barcha o‘quv avtomototransport vositalari belgilangan tartibda YHXBning RvaIOBda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
5-bob. O‘quv tashkilotlarini bitirish imtihonlari
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘quv tashkilotining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitirish imtihonlarini ijobiy topshirgan nomzodlar milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshiradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Haydovchilarning malaka oshirish kurslarida bilimlarni o‘zlashtirishini aniqlash uchun o‘quv tashkilotida yakuniy imtihonlar animatsiya effektlariga ega bo‘lgan test dasturida qabul qilinadi.
25. Yakuniy nazorat va sinovlarni tashkil qilish va o‘tkazish avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlari yoki ularning muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnomalarda belgilanadi.
O‘quv tashkilotida imtihonlarni qabul qilish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qo‘shimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga o‘qituvchilar, instruktorlar, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
26. Imtihonlarga qo‘yiladigan nomzodlar tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlarini to‘liq tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baholar olgan bo‘lishlari kerak.
Nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan baholanadi.
27. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv guruhlarining nazariy imtihonlari tasdiqlangan imtihon savollari asosida o‘tkaziladi.
28. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma tuziladi, o‘quv tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash imtihon komissiyasi bayonnomalarining saqlanish muddati — 5 yil.
29. O‘quv tashkilotini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan bo‘lishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. Ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning blankalari O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan o‘quv tashkilotlarining buyurtmalariga binoan tarqatiladi hamda qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
O‘quv tashkilotini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish dasturi bo‘yicha tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan namunadagi sertifikat o‘quv tashkiloti tomonidan beriladi. Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatlarning blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
30. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatganlik haqidagi guvohnoma va avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikat avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.
31. O‘quv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha o‘quv tashkilotida saqlanadi. Guvohnoma yoki sertifikat yo‘qolib qolgan hollarda o‘quv tashkiloti shaxsning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan yagona namunadagi guvohnoma yoki sertifikatning dublikatini belgilangan tartib asosida beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
4-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan
Dostları ilə paylaş: |