O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


§ . Xodimlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

§ . Xodimlarga qo‘yiladigan talablar


  1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshirilishii kerak.

Korxonaning elektrotexnik xodimlari quyidagilarga bo‘linadi:

elektr uskunalarida tezkor almashlab ulashlarni, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini tashkil qiluvchi va bu ishlarda bevosita ishtirok etuvchi, tezkor, ta’mirlash yoki tezkor- ta’mirlovchi xodimlar huquqlariga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlarga;

tezkor boshqarishni va tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish ruxsat etilgan xodimlar toifasiga va ushbu ishlovchilarni bevosita boshqarish uchun tayinlangan shaxslarga taalluqli tezkor xodimlarga (agar bo‘linishi talab etilmasa, keyinchalik tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlar tezkor xodimlar deb ataladi);

elektr uskunalarini ta’mirlash, rekonstruksiya va montaj qilish bo‘yicha barcha ishlarni bajaruvchi ta’mirlovchi xodimlarga. Ushbu toifaga, shuningdek, majburiyatiga sinashlarni, o‘lchashlarni amalga oshirish, elektr apparatlarni sozlash va rostlash hamda boshqa ishlar kiradigan ixtisoslashtirilgan xizmat (masalan, sinash laboratoriyalari, avtomatika va nazorat-o‘lchash asboblari xizmati va boshqalar) xodimlari ham kiradi;

tasdiqlangan hajmda o‘ziga biriktirilgan elektr qurilmalarida tezkor ishlarni bajarish uchun maxsus o‘qitilgan va tayyorlangan, ta’mirlovchi xodimlar toifasidan bo‘lgan tezkor- ta’mirlovchi xodimlarga.

Korxonaning energetika xizmati tarkibiga kirmagan, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarining elektr texnologik qurilmalari ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiradigan va elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektr texnologik xodimlar o‘zlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha elektrotexnik xodimlarga tenglashtiriladi hamda texnik jixatdan korxonaning energetika xizmatiga bo‘ysunadilar.



  1. Elektr xavfsizligi bo‘yicha II — V guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

18 yoshga to‘lmagan shaxslarga elektr qurilmalarida mustaqil ishlashga ruxsat etilmaydi; elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxslar ishlab chiqarishga halaqit beradigan (doimiy

shakldagi) kasallikka va mayiblikka ega bo‘lmasligi shart;



elektrotexnik xodimlar tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlikdan keyin bilimlar tekshiruvidan o‘tishlari hamda elektr qurilmalarida ishlash uchun ruxsat beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.

  1. Universitet, institut, kollej, litseyning 18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarini amalda ishlab turgan elektr qurilmalarida bo‘lishlariga 1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhdan kam bo‘lmagan va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda — IV guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimning doimiy nazorati ostida ruxsat etiladi.

18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarni mustaqil ishlashga qo‘yish va ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha III va undan yuqori guruhni berish man etiladi.

  1. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlarning sog‘lomlik holati ishga qabul qilinayotganda tibbiy tekshiruv bilan aniqlanadi va keyinchalik sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilagan muddatlarda davriy tekshirilib turiladi.

  2. Elektrotexnik xodimlar mustaqil ishga tayinlangunga qadar yoki elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda, shuningdek, ushbu lavozimda 1 yildan ortiq mehnat faoliyatini olib bormaganda, ish joyida ishlab chiqarishni o‘rganishi shart.

Ishlab chiqarishni o‘rganish uchun xizmatchiga uskunalar, apparatura, tezkor sxemalar bilan tanishish bilan bir vaqtda, ushbu lavozim uchun zarur hajmda:

mazkur Qoidalarni, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ, EQTQ, EEFQ;

lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni;

ushbu korxonada amal qiluvchi boshqa qoidalar, me’yoriy va ekspluatatsiya hujjatlarini o‘rganishga yetarli bo‘lgan muddat berilishi kerak.



  1. Ishlab chiqarishni o‘rganish dasturini qoidalar va yo‘riqnomalarning zarur bo‘limlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish bo‘linmasining javobgar shaxsi tuzadi va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki bosh muhandis tasdiqlaydi.

O‘rganayotgan xodim o‘rganishi mobaynida korxona (MTX uchun) yoki bo‘linma (ishchilar uchun) farmoyishi bilan elektrotexnik xodimlar orasidan tajribali xizmatchiga biriktiriladi.

  1. O‘rganayotgan xodim tezkor almashlab ulashlarni, ko‘rib chiqish yoki elektr uskunasidagi boshqa ishlarni faqatgina o‘rgatayotgan xodimning ruxsati asosida uning nazorati ostida amalga oshirishi mumkin.

O‘rganayotgan xodimning harakatlari to‘g‘riligiga va ushbu Qoidalarga, shuningdek, xavfsizlik texnikasi Qoidalariga rioya qilinishiga o‘rganayotgan xodimning o‘zi va o‘rgatayotgan xodim javobgar bo‘ladi.

  1. Ishlab chiqarishni o‘rganish tugaganidan so‘ng o‘rganayotgan xodim 28-bandda ko‘zda tutilgan hajmda malaka komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o‘tishi shart. Unga XTQga ko‘ra tegishli elektr xavfsizlik guruhi (II — V) berilishi kerak.

Boshqa korxonaga ishga o‘tganda, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashda yoki bir korxona doirasida boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda yoki ishda 1 yildan ortiq tanaffus bo‘lganda, bilimlar tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tgan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxsga komissiya qarori bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha boshqa ishga (lavozimga) o‘tgunga qadar o‘rindoshlik yoki ishdagi tanaffusgacha bo‘lgan elektr xavfsizlik guruhi tasdiqlanishi mumkin.

  1. Tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan har bir xizmatchi, shuningdek, yuqori kuchlanishli sinovlarni o‘tkazuvchi sinov laboratoriyalari xodimlari bilimlar tekshiruvidan o‘tganidan keyin kamida ikki hafta mobaynida tajribali xizmatchi rahbarligida ish joyida dublyorlikdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng u mustaqil tezkor ishlarni bajarishga, yuqori kuchlanish ostida sinashlarni o‘tkazishga qo‘yilishi mumkin.

Stajirovkaga va mustaqil ishlashga ijozat, MTX uchun korxona bo‘yicha ishchilar uchun esa sex bo‘yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.

Ta’mirlovchi xodimlar uchun dublyorlik qilish talab qilinmaydi.



  1. Davriy bilimlar sinovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi shart:

ishlab turgan elektr qurilmalariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yoki ularni sozlash, elektr montaj qilish, ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi yoki profilaktik sinovlarni o‘tkazuvchi elektrotexnik xodimlar uchun, shuningdek, ushbu ishlarni tashkil qiluvchi va farmoyishlarni rasmiylashtiruvchi xodimlar uchun 1 yilda 1-marta;

avvalgi guruhga kirmaydigan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan MTXlar, shuningdek, elektr qurilmalarini nazorat qilishga ruxsat berilgan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar uchun 3 yilda 1-marta.

Tekshiruv natijasiga asosan xodimlarning davriy bilimlar sinovi muddati malaka komissiyasi tomonidan qisqartirilishi mumkin.

Agar guvohnomaning amal qilish muddati ta’tilga yoki kasallik vaqtiga to‘g‘ri kelsa, bu holda guvohnomaning amal qilish muddatini ishga tushgan kundan boshlab 1 oyga uzaytirishga ruxsat beriladi. Guvohnomani amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror maxsus rasmiylashtirilmaydi.

Qonirqarsiz baho olgan xodim guvohnomasining amal qilish muddati, agar bilimlar sinovini qayd etish jurnalida xodimni elektr uskunalarida ishlashdan vaqtincha chetlatilganligi haqida komissiyaning maxsus qarori chiqarilmagan bo‘lsa, komissiya tomonidan belgilangan ikkinchi yoki uchinchi sinovga qadar bo‘lgan muddatgacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.


  1. Mazkur Qoidalarni, XTQni yoki ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini buzgan shaxslar navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvidan o‘tishga jalb etilishlari kerak.

Shuningdek, navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvi quyidagi hollarda ham o‘tkaziladi: bilimlari qoniqarsiz bo‘lganda, malaka komissiyasi belgilagan muddatlarda, lekin oxirgi

tekshuruv kunidan 2 haftadan oldin va 1 oydan kech bo‘lmagan muddatda; yangi texnologiyalar, elektr qurilmalari va uskunalari joriy etilganda; ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bo‘lganda.

boshqa ishga o‘tkazilganda;

mazkur Qoidalarning va XTQning yangi tahriri amalga kiritilganda; “O‘zenergoinspeksiya” inspektorining yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Bilimlar sinovida uchinchi marta qoniqarsiz baho olgan xodim boshqa, elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga o‘tkazilishi shart.



  1. Ushbu Qoidalar va XTQ bo‘yicha bilimlar sinovi tarkibi kamida 3 kishidan iborat bo‘lgan malaka komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi shart:

  1. korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs, uning o‘rinbosari va lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra elektr xo‘jaligini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisi uchun bosh muhandis yoki korxona rahbari (komissiya

raisi), “O‘zenergoinspeksiya” inspektori va joylardagi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili tarkibidagi komissiya tomonidan;

  1. korxonaning ishlab chiqarish sexlari va bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, elektr ho‘jaligining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari uchun korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning o‘rinbosari (rais), mazkur Qoidalarning ushbu bandi “a” kichik bandiga muvofiq komissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis (xavfsizlik texnikasi

va mehnat muhofazasi bo‘limi vakili), energetika xizmati vakili tarkibidan iborat komissiya tomonidan;

v) qolgan muhandis-texnik xodimlar uchun mazkur Qoidalarning ushbu bandi “b” kichik bandiga muvofiq kimissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga (yoki 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun IV guruhga) ega komissiya tekshiruvidan o‘tgan shaxs — rais va energetika xizmati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi yoki kasaba uyushmasi vakilidan iborat komissiya tomonidan;



g) qolgan elektrotexnik xodimlar uchun tarkibi korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilangan va tasdiqlangan bir necha komissiyalar tuzilishi mumkin;

  1. korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning bilimlari sinovini “O‘zenergoinspeksiya” inspektori ishtirokida ta’sischi korxona malaka komissiyasida o‘tkazishga ruxsat etiladi;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) nazoratidagi elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan yoki ularni ekspluatatsiyasini boshqarayotgan rahbarlar va muhandis- texnik xodimlarning bilimlari sinovi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili ishtirokida o‘tkazilishi shart. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari komissiyada ishtirok etishi uchun komissiya faoliyati haqida kamida 5 kun oldin xabardor qilinishi kerak. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili kelmagan holda, komissiya uning ishtirokisiz faoliyat ko‘rsatadi.

Birlamchi bilim sinovidan tashqari barcha turdagi sinovlarda kompyuter texnikasidan foydalanishga ruxsat beriladi; bunda bilimlar sinovi jurnalidagi yozuvlar bekor qilinmaydi.

Yuqorida keltirilganlarda:

navbatdagi tekshiruv vaqti bilimlar oxirgi tekshirilgan sanaga mos ravishda belgilanadi; “O‘zenergoinspeksiya” va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati vakillari “b”,

“v” va “g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan xodimlar bilimi tekshiruvi komissiyalarida o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin;

“b” va “v” kichik bandlardagi komisciya tarkibini korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi.



  1. Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi sinalayotgan xodim ishlayotgan korxona komissiyasida o‘tkazilishi shart. 34-bandning “d” kichik bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Biror-bir boshqa komissiyada bilimlar sinovini o‘tkazilishi man etiladi.

  2. Har bir xodimning bilimlari sinovi alohida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovi natijalari o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi hamda komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh (II — V) berilgan holda bilimlar tekshiruvi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.

Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalariga ma’muriy texnik xodim sifatida tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi huquqlari bilan xizmat ko‘rsatish, tezkor, ta’mirlovchi

yoki tezkor-ta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega elektr-texnolog xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.

Agar tekshirilayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi bilimlar tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa, bu haqda bilimlar sinovi jurnalida va guvohnoma grafasida belgilab qo‘yiladi.

Elektr qurilmalariga javobgar shaxsning bilimlarni sinovdan o‘tkazgan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga mazkur korxona elektr qurilmalari ustidan nazorat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.

Mazkur Qoidalar, XTQ va mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar tekshiruvidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga, elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatmalar berishga ruxsat etilmaydi.



  1. Ishga yangi qabul qilingan, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan yoki muddati o‘tgan bilimlar sinovi guvohnomasiga ega elektrotexnik xodimlar

(32-bandda ko‘rsatilgan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish hollaridan tashqari) elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslarga tenglashtiriladi.

Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh, shuningdek, elektr tokidan shikastlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga ham beriladi.



  1. Elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh har yili korxona, sex, uchastka elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning yozma ko‘rsatmasiga binoan III

dan past bo‘lmagan elektr xavfsizligi guruhiga ega shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari tekshirilgandan keyin beriladi. Elektr havfsizligi bo‘yicha I guruh berilishi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshirilayotgan imzosi bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda bilimlar sinovi haqida guvohnoma berilishi talab qilinmaydi.

Ishlash jarayonida I guruh xodimlari har yili bilimlar sinovidan tashqari davriy ravishda yo‘riqdan o‘tadilar.


  1. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslar, II — V guruhga ega shaxslar o‘tkazayotgan elektrotexnik qurilmalarni ta’mirlash, sozlash va sinash bo‘yicha ishlarda, faqat XTQda ko‘rsatilgan hollarda ishtirok etishlari mumkin.

  2. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I va undan yuqori guruhga ega elektrotexnologik xodimlar bilimlarining o‘z vaqtida sinalishiga korxonaning uchastka, sex va boshqa tarkibiy qismlari rahbarlari javobgardir.

  3. Korxonada elektrotexnik xodimlar bilan ularning malakasini, mazkur Qoidalar, XTQ, EQTQ va mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga, ilg‘or tajribani va elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz usullarini o‘rganishga, avariya

va shikastlanishning oldini olishga qaratilgan muntazam ish olib borilishi shart.

Tashkil etilayotgan texnik o‘qish hajmini, avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni o‘tkazish zarurligini korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs aniqlaydi.



      1. Yüklə 0,98 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin