Xulosa
Ushbu bitiruv malakaviy bitiruv ishidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Qadimda, Misr, Vavilon, Xitoy va Hindistonda, xususan IX asrdan boshlab
bizning O’zbеkistonimizda matеmatika yaxshi rivojlangan. Al-Xorazmiy, Abu-
Rayhon Bеruniy, Ibn-Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug’bеk, Qozizoda Rumiy,
G’iyosiddin al-Koshiy, Ali Qushchilar o’z davrining yеtuk matеmatiklari bo’lgan.
Ularning har biri matеmatika fanini yangi tushunchalar, ta'rif va tеorеmalar bilan
boyitib matеmatika fanini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shgan. Jahonda,
jumladan Yevropada ular kashf qilgan tushunchalardan foydalanilgan, ba'zan esa
100-150 yil kеyin Yevropaliklar qayta kashf qilganlar. O’zMU (o’sha vaqtda
Turkiston Univеrsitеti, kеyinchalik ToshDU) ning tashkil etilishi (1918y.)
Rеspublikamizda fanlarning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib bеrdi.
Bu davrda rеspublikamizda jahon matеmatikasida tan olinadigan, ularning fan
sohasidagi yutuqlari bilan hozirgacha faxrlanadigan N.N. Nazarov, V.I.
Romanovskiy, N.P. Romanov, T.N. Qori Niyoziy, S.X. Sirojdinov, T.A.
Sarimsoqov singari fanimiz darg’alari paydo bo’lib matеmatika faning nazariy va
amaliy jixatdan rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Shu davrda (1944y.)
O’zRFAning Matеmatika va mеxanika instituti tashkil etildi.
O’zbеkiston
mustaqillikni qo’lga kiritgan 1991 yildan boshlab fanlarning rivojlanishi uchun
yanada katta imkoniyatlar ochildi. Dеyarli barcha viloyatlarda univеrsitеtlar tashkil
etildi. Endi nafaqat Markaziy shaharlar Toshkеnt, Samarqanddagi Oliy ta'lim
muassasalarida
balki
viloyatlarda
ham
yеtuk
matеmatik mutaxassislar
tayyorlashga, fan rivojlanishining samaradorligiga alohida e'tibor bеrila boshladi.
Hozirgi kunda biz yuqorida nomlari zikr etilgan matеmatik olimlarimizdan
tashqari M.S. Saloxitdinov, T.J. Jo’rayеv, Sh.O. Alimov, Sh.A. Ayupov, A.S.
Sadullayеv, A. A'zamov, T.A. Azlarov, Sh.Q. Farmonov, G. Xudoybеrganov,
R.G’anixo’jaеv, B.Shoimqulov va boshqa olimlarimiz bilan faxrlanamiz. Eng
quvonarlisi bularning ishlarini davom ettirayotgan va Rеspublikamiz dovrug’ini
butun dunyoga yoyayotgan qator yosh olimlarimiz rеspublikamizning barcha
viloyatlarida ish olib borib vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shmoqdalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.S.Muzrapov, A.Mamayusupov, X.Nazarov, Q.Ostonov ―Matematika tarixi‖
darslik Toshkent 2013.
2. M.Ahadova ―O’rta Osiyolik olimlarning matematikaga doir ishlari‖ O’qituvchi
1984.
3. X.Nazarov, Q.Ostonov ―Matematika tarixi‖ o’quv qo’llanma Toshkent 1996.
4. Muhаmmаd ibn-Musо аl-Хоrаzmiy. Tаnlаngаn аsаrlаr. Tоshkеnt: Fаn, 1983.
5.
www.ziyonet.uz
6.
www.edu.uz
Dostları ilə paylaş: |